22:22 / 18.08.2022
1 289

Anxel Lopes: "Birgina xato hammasini izdan chiqardi"

Anxel Lopes: "Birgina xato hammasini izdan chiqardi"
Coca Cola Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Surxon" – "Metallurg" (1:2) o‘yinidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirdi.

- O‘yin haqida
- Individual xatolar tufayli bizda katta muammolar yuzaga keldi. Shunga qaramasdan, hujumlar uyushtirishga harakat qildik. Birgina xato hammasini izdan chiqardi. Keyin juda qiyin holatga tushdik, hech narsa o‘xshamadi.

- "Surxon" pressingda juda kuchli. To gol o‘tkazib yuborguncha hammasi yaxshi edi. Jamoa oldingi chiziqda yuqori pressing qo‘llayotganiga qaramasdan, gol urish borasida samara chiqarolmayapti...
- Fikrlaringizga qo‘shilaman. Wyscout statistikasiga ko‘ra, yuqori pressing qo‘llashda eng kuchli jamoalardan birimiz. Futbolchilarimiz hamisha chin dildan o‘ynashmoqda. Hech bir joyda bo‘sh hudud qoldirmaslikka urinishmoqda. Pressing orqali hammasini yopishga harakat qilyapmiz. Biroq afsuski, bizga imkoniyatlardan unumli foydalana olmaslik pand beryapti. O‘z yo‘limizdan qaytmoqchi emasmiz. Agar bugun birinchi golni biz urganimizda, o‘yinni nazorat qilgan bo‘lardik, ammo o‘xshamadi.

- Jamoa oxirgi daqiqalarda yaxshi hujum uyushtirdi. Bu yaqqol sezildi. Taktikani o‘zgartirganmidingiz?
- Bu oddiy holat. Jamoalar 0:2 hisobida yutqazib turgan paytda hujumga o‘taverishadi. Biz ham xuddi shunday qildik. Bugun omad bizga klub boqmadi. Kelasi uchrashuvlarda ochko yig‘ishga astoydil harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anxel Lopes: "Birgina xato hammasini izdan chiqardi"