06:21 / 19.08.2022
1 275

Vadim Abramov: "Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o‘zaro to‘qnash keldi"

Vadim Abramov: "Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o‘zaro to‘qnash keldi"
Coca Cola Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Dinamo" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida
- O‘yinni o‘zingiz ko‘rdingiz. Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi. Statistikamiz ham shunday. Hammadan kam gol urganmiz, hammadan ko‘p o‘tkazib yuborganmiz. Ishlashda davom etamiz.

- Sahob Rashidov bugun zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirdi va gol ham urdi. Nima deb o‘ylaysiz Sahobni asosiy tarkibda maydonga tushirsa bo‘larmidi?
- Bu albatta uning o‘ziga bog‘liq. Bizdagi barcha futbolchilar asosiy tarkibda o‘ynashga munosib. Bizda zaxira o‘rindig‘idagi kuchlar cheklangan. Vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz.

- Jamoangiz darvozabonining o‘yiniga qanday baho berasiz?
- Darvozabonda ayb yo‘q. Penaltigacha u bir necha vaziyatlarda qutqardi. Ko‘proq savolni himoyachilarga berish kerak. Baxtga qarshi himoyada muammolar bor. Hozirda himoyamizda bu pozitsiyada avval o‘ynamagan futbolchilar harakat qilishmoqda.

- Yovanovich qaytsa himoya tartibga kelishi mumkinmi?
- Unda jarohat bor va bu jarohat qachon tiklanishini bilmayman. Yovanovich bilan gaplashib oldik. U harakat qilmoqda. Ammo jarohat baribir o‘z so‘zini aytmoqda. Shu sabab ham bizda nima bo‘lsa shundan kelib chiqib harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o‘zaro to‘qnash keldi"