14:33 / 20.08.2022
1 311

Bobur Tagiyev MMAdagi debyut jangida raqibini "yer tishlatdi" yoxud uni "Bellator"da kutishmoqdami?

Bobur Tagiyev MMAdagi debyut jangida raqibini "yer tishlatdi" yoxud uni "Bellator"da kutishmoqdami?
O‘zbekistonlik ko‘zga ko‘ringan professional muaytaychi Bobur Tagiyev 20 avgustga o‘tar kechasi AQSHda MMA yo‘nalishidagi ilk jangini o‘tkazdi. U mezbonlar vakili Derek Reyesga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Quvonarlisi, hamyurtimiz jang taqdirini 1-raunddayoq hal qildi. U debyutini chiroyli boshlagan holda, texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Biz ushbu sportchimiz bilan bog‘lanib, unga bir qator savollar bilan murojaat qildik.

- Bobur avvalo g‘alaba bilan tabriklaymiz!
- Rahmat, meni qo‘llab-quvvatlab turgan xalqimizga minnatdorchilik bildiraman va chiroyli g‘alabalar bilan ularni xursand qilishga harakat qilaman.

- Umuman MMAda faoliyatingizni boshlashingizga sabab nima bo‘ldi?
- Ancha avvaldan ushbu yo‘nalishga o‘tishni rejalashtirib kelayotgandim. Bilasiz, bu sport turi jahonda juda tez rivojlanib, katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, ko‘plab muaytay ustalari MMAda yaxshi natijalar qayd etib kelmoqda. O‘ylaymanki, men ham bu yo‘nalishda yo‘qolib qolmayman.

- Muaytayda -71 kg vazn toifasida harakat qilishingizni inobatga olsak, MMAda yengil vazn (70.3 kg) toifasida oktagonga ko‘tarilayotgan bo‘lsangiz kerak?
- Ha. Albatta. Bu vazn toifasi men uchun anchagina qulay, deb ayta olaman.

- Bilasizmi, sizning kuchli jihatingiz “stoyka” hisoblanadi. “Parter”da jang olib borish muammo bo‘lmaydimi?
- Muammo bo‘lmasligi uchun hozirda faqat jiu-jitsu bilan jiddiy shug‘ullanmoqdaman. Nasib qilsa, bu muammo bo‘lmaydi.

- "CAGE NIGHT" promousheni bilan nechta jangga shartnoma tuzdingiz?
- Hozircha, bitta jang o‘tkazdim. Oldinda PFL, Bellator varianti bor. Balki, omadimiz kelib, UFC bilan ham shartnoma imzolashimiz mumkindir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bobur Tagiyev MMAdagi debyut jangida raqibini "yer tishlatdi" yoxud uni "Bellator"da kutishmoqdami?