Foto: Getty Images
«Roma» bosh murabbiy Joze Mourino Italiya A Seriyasi 2-turi doirasidagi «Kremoneze»ga qarshi o‘yindan avval jamoani tark etishi kutilayotgan Eldor Shomurodov haqida gapirdi.
Portugaliyalik murabbiy Temmi Abrahamga o‘rinbosar sifatida Andrea Belotti taklif etilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan, zaxira o‘rindig‘ida hujum chizig‘i vakillari o‘rnini munosib to‘ldira oladigan forvardlar yo‘qligini aytdi.
«A Seriya 1-turi doirasidagi «Salernitana»ga qarshi o‘yinda (1:0) ikki hujumchi o‘rniga ikki yarimhimoyachini tushirishga majbur bo‘ldim. Chunki Abraham, Dibala, Dzanola singari hujumchilar maydondan olinayotganda, ularning o‘rnini munosib to‘ldira oladigan hujumchilar yo‘qligi sababli Matich va Veynaldum singari tajribali yarimhimoyachilar tushishdi. Biz Feliks Afena-Gyan va Shomurodov asosiy tarkibdagi hujumchilar darajasiga ko‘tarilishini kuta olmaymiz. Bizda bunday imkoniyat yo‘q», - deya «Roma» bosh murabbiyi so‘zlarini keltirgan Sportmediaset.
Avvalroq, Eldor Shomurodovga «Bolonya» klubi asosiy da’vogar ekani, klub hujumchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchiligi haqida xabar berilgan edi. Ammo Rim klubi o‘zbekistonlik forvardni ijara emas, 10 mln yevro atrofida transfer qilishni istayotgani aytilgandi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli hujumchi 1-tur doirasidagi «Salernita»ga qarshi bahsda qaydnomaga kiritilgan, ammo maydonga tushmagandi. 2-turdagi «Kremoneze» bilan bahsda ham qaydnomadan joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi