"Manchester Yunayted" ishonchli o‘yin ko‘rsatib, "Liverpul"ni mag‘lub etdi (video)

"Manchester Yunayted" ishonchli o‘yin ko‘rsatib, "Liverpul"ni mag‘lub etdi (video)
APL 3-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bellashuvda "qizil iblislar" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

Dastlab, Jeydon Sancho 16-daqiqada hisobni ochdi. 53-daqiqada Reshford oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. 81-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Saloh hisobni qisqartirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Erik ten Xag boshchiligidagi mankunialiklar mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Quyida ushbu o‘yin videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar