
Rimning "Roma" klubi sharafini himoya qilib kelayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning so‘nggi paytlarda jamoasini o‘zgartirishi borasida juda ko‘p xabarlar chiqdi.
Xususan, Italiyaning "Bolonya" jamoasi legionerimiz bilan shartnoma imzolash borasida uzoq vaqtdan beri muzokara olib borayotgandi. "Bo‘rilar" sport direktori bir necha bor "Bolonya" rahbariyati bilan uchrashgan. Ayrim xabarlarga ko‘ra, legionerimiz transferiga shaxsan Sinisha Mixaylovichning o‘zi qiziqish bildirgan.
Shunday bo‘lsa-da, Rim klubi uni 14 million yevrodan kamiga sotmasligini ma’lum qilgan. Bolonyaliklar esa 10 million yevrodan ko‘p to‘lay olmasdi. Rim klubi miqdorni 13-12 million yevrogacha kamaytirishga rozi ham bo‘lgan. Biroq "Bolonya" o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi (10 million yevrolik taklif).
Oxir-oqibat, Italiya klubi "Bavariya" futbolchisi Joshua Zirkzeye bilan shartnoma imzoladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar