Bosniya va Gersegovinada dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar qildi.
Sarayevodagi musobaqalarning so‘nggi kunida Barchinoy Qodirova (-70 kg) finalda italiyalik raqibasini taslim etib, jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
“Bu bilan u Diyora Keldiyorovadan so‘ng kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan ikkinchi o‘zbekistonlik dzyudochimizga aylandi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, -90 kg vaznda Abbos Shermahmatov kumush medalni qo‘lga kiritdi. U finalda imkoniyatni vengriyalik raqibiga boy berib qo‘ydi.
Jahon chempionatida Alisher Samanov (-81 kg), Shohjahon Otaboyev (-66 kg) va So‘g‘diyona Rafkatova (-52 kg) kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Xurshida Razzoqberdiyeva (-63 kg), Samariddin Muhbiddinov (-73 kg) va Umidaxon Burxonjonova esa (-44 kg) bronza medalga ega chiqishdi.
Bosniya va Gersegovinada 24-28 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 60 ta mamlakatdan bo‘lgan 400 nafardan ziyod dzyudochilar medal uchun kurash olib borishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar