00:58 / 30.08.2022
1 252

Timur Kapadze: "O‘zim ham maydonda bo‘lganimda, gol urishim mumkin edi"

Timur Kapadze: "O‘zim ham maydonda bo‘lganimda, gol urishim mumkin edi"
Coca Cola Superligasining 17-turidan o‘rin olgan "Olimpik" — "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘yin haqida fikr bildirdi.

O‘yin haqida
"Birinchi navbatda "Olimpik" futbolchilarini, shuningdek, uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin oson bo‘lmadi. Superligada oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Raqib kuchli ekanligini bilardik, shunga qaramasdan, shogirdlarim munosib o‘yin namoyish etdi. Menimcha, bugun g‘alabaga haqli edik.

- Muhammadaziz Ibrohimov chetlatish tufayli bugungi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Uning o‘rnini Otabek Jo‘raquziyev bilan to‘ldirdingizmi?
- Bugun to‘rt nafar nominal hujumchi bilan maydonga chiqdik, biroq qay biri bo‘lsa ham vaziyatga qarab Ibrohimning nuqtasini to‘ldirishi kerak edi. Umuman olganda, ikki yarim himoyachi bilan o‘ynadik. Raqibdan kelib chiqsak, tanlagan taktikamiz bugungi o‘yinga mos edi. Bugun tanlangan tarkib ham, taktika ham o‘zini oqladi.

- Abubakr Rizo Turdialiyev qachon safga qaytadi?
- Uning safga qaytishi uchun 20-25 kun vaqt kerak, sababi unda darz ketish holati aniqlangan va yaqinda operatsiya bo‘ldi. Hozir u yurishni boshlagan. 10-15 kundan so‘ng sekin harakat qilishni boshlaydi.

- Superliganing har bir o‘yinida "Olimpik" birinchi raqam ostida o‘ynadi. Xalqaro maydonlarda ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib o‘ynashga ham to‘g‘ri keladi. Masalan, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi finalida shunday taktikada o‘ynab, pand yegandi. Ba’zi o‘yinlarda bu uslub "Olimpik"ga ham pand bermaydimi?

- Biz kuchimiz yetguncha, harakat qilyapmiz. Raqib bosim o‘tkazsa, himoyalanishga to‘g‘ri keladi. Lekin ko‘rganingizdek, yigitlar to‘p bilan ham, to‘psiz ham yaxshi harakat qilmoqda. Raqibga deyarli imkoniyat bermayapti. To‘g‘ri, biz raqibga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lyapmiz, biroq ba’zida yigitlarga nimadir yetishmayapti, aks holda, ko‘proq g‘alabalarga erishgan bo‘lardik. Mening vazifam — ularni o‘yinga tayyorlash, qolganini futbolchilar bajarishadi. Ehtimol, o‘zim ham ba’zi vaziyatlarda ishtirok etganimda, gol urishim mumkin edi. O‘ylashimcha, hammasi joyida.

- Mashhur sharhlovchi Xayrulla Hamidov "Chempion qaysi jamoa bo‘lishini bilmadim, lekin uni taqvim aniqlab berishi mumkin", deb aytgandi...
- Chindan ham taqvim zich joylashgan. Oxirgi uchrashuvlar ko‘p narsani hal qiladi. Oldinda "Navbahor", "Nasaf"ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Har bir jamoa uchun qiyin o‘yinlar bo‘lib o‘tyapti. Asosiysi — biz to‘g‘ri yo‘ldamiz", dedi Kapadze.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "O‘zim ham maydonda bo‘lganimda, gol urishim mumkin edi"