O‘zbekiston Coca Cola Kubogining chorak finali doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Xayrli kech hammaga. Birinchi navbatda barcha o‘zbekistonliklarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. Bugungi g‘alabani mazkur bayramga bag‘ishlaymiz. Kuchli raqibga qarshi qisqa vaqt ichida ketma-ket ikki marotaba o‘ynash juda qiyin. O‘yin davomida jamoamiz gol urish uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. Futbolchilar ko‘proq mehnat qildi, o‘yin davomida raqib darvozasini 2-3 marta gol urishi mumkin edi. Afsuski, yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Kuchli jamoaga qarshi o‘yinda juda yaxshi o‘ynadik va haqli ravishda g‘alaba qozondik. Mana shunday shiddatli bellashuvlar soni oshishi kerak. Bu futbolimizni rivojlanishiga xizmat qiladi.
Qolaversa, yoshlarga imkoniyat berganimiz mana shunday darajadagi bahslarda qo‘l keladi. Ular tajriba to‘playdi. Raqib jamoamiz tarkibida bir qator terma jamoa futbolchilari o‘ynamoqda. Mavsum boshida jamoamiz kuchli raqiblarga qarshi bahslarda muvaffaqiyat qozonishini maqsad qilgandik. Shu orqali jamoaning avvalgi mavqeini qaytarishni rejalashtirgandik. Bu bizning birdan-bir vazifamiz hisoblanadi. Biz bunday natijalarga oson erishganimiz yo‘q. Aytaylik, bugungi bahs yoki chempionatdagi jadvalimizdan kelib chiqib aytayotganim yo‘q. Biz katta mehnat evaziga natijalar qayd etmoqdamiz. Eng katta oldimizga qo‘ygan maqsadimiz – yoshlarga imkoniyat berishdir. Biz ularga ko‘proq ishonch bildirsak, yoshlar o‘sishga erishadi. Qiyin va kuchli raqibga qarshi bellashuvlarda tajriba to‘plashadi.
“Paxtakor” boshqa jamoalardan eng yaxshi futbolchilarni sotib olgan xolos. Bizda boshqacha vazifa – yoshlarni tarbiyalash, futbolimizni o‘sishiga xizmat qilish. Qolaversa, “Navbahor”ning mavqeini tiklab olish. Oxirgi 5-6 kun davomida “Paxtakor”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Chunki biz raqibni juda yaxshi bilardik. Ular sifatli va aqlli futbol ko‘rsatadi. O‘ylaymanki, bugungi uchrashuvimiz stadionga kelgan yoki televizor orqali tomosha qilgan muxlislarga yoqdi. Ikki jamoa ham juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
- “Navbahor”da terma jamoa darajasida o‘ynaydigan ikkita futbolchi bor. Bular Boltaboyev va Iskanderov. Ular sizning qo‘l ostingizda yoki “Navbahor”da o‘ynayotgani bois, terma jamoaga chaqirilmayaptimi?
- Savol uchun rahmat. Birinchi navbatda barchamiz – murabbiy va futbolchilar milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlab, yordam berish hisoblanadi. Bizning asosiy vazifamiz – terma jamoaga yaxshi futbolchilarni yetkazib berishdir. Bu nafaqat bizga va boshqa klublarga ham tegishlidir. Terma jamoaga kimni chaqirish murabbiyga bog‘liq. Iskanderov terma jamoada o‘ynayotgan futbolchilar darajasida deya olaman. Masalan, Shomurodov, Shukurov, Ashurmatov, Yusupov kabi futbolchilardan kam emas. Jamshid ular singari mahoratli futbolchi. Biz oldinga qadam tashlashda davom etamiz, bizning o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz bor. Asosiysi, jamoa muxlislarini quvontirishda davom etamiz.
- Bugungi g‘alabani sizning jamoangizga taqdim qilgan futbolchi kim deb o‘ylaysiz?
- Mening maydon tashqarida ko‘rsatayotgan turli xil emotsiyalarim orqali futbolchilar bilan gaplashayotganimdan dalolat. Bu shunday orqali bir-birimizni tushunamiz. G‘alabamizga katta hissa qo‘shgan insonni eslab o‘tishimiz shart. Aytaylik, o‘yindan oldin kelib, men va futbolchilar bilan suhbatlashdi. Bu inson viloyat hokimi hisoblanadi. Hokim jamoaga har tomonlama yordam beryapti. Bu esa o‘z natijalarini bermasdan qolmaydi. Shuni ayta olamanki, hokim sa’y-haraktlari futbolimizning yanada o‘sishiga xizmat qiladi. Fursatdan foydalanib, men murabbiylar shtabi va jamoa nomidan u kishiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
- “Navbahor” bir gol urganidan keyin jamoangiz himoyaga ko‘proq e’tibor qaratardi. Bugun jamoangiz goldan keyin yana ko‘proq hujumkor futbol ko‘rsatdi. Bunga sabab muxlislarning qo‘llab-quvvatlashimi yoki sizning o‘yinga tanlagan uslubingiz shundaymi?
- Umuman olganda, bu bizning o‘yinga tanlagan uslubimiz. To‘g‘ri, men shunday uslubni qo‘llayman. Lekin oxirgi 3ta o‘yinda jamoa himoyaviy futbolni tanlamoqda. Natijada, ko‘p durang natija qayd etyapmiz. Har bir raqibga qarab, taktika tanlanadi.
- Davron Hoshimov jarohat olib maydonni erta tark etdi. Uning jarohati jiddiy emasmi?
- O‘ylashimcha, Hoshimovning jarohati jiddiy emas. Umid qilamizki, futbolchi bir necha kun dam olib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘radi.
- Nega mashg‘ulotlaringizni yopiq tarzda o‘tkazasiz?
- Siz qachon mening mashg‘ulotlarimga tashrif buyurdingiz?
- O‘yindan bir kun oldingi mashg‘ulotlaringiz yopiq tarzda o‘tkazildi?
- Men o‘yin oldi mashg‘ulotlari kuni yopiq tarzda mashg‘ulot o‘tkazaman. Lekin boshqa kunlari eshigimiz hamma uchun ochiq, jumladan, jurnalistlar uchun ham. Qolaversa, bazamiz ham ochiq. Istagan kishi kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»