2 118
Hamma to‘y bilan, bo‘ri qo‘y bilan yoxud poytaxt klubi futbolchilari o‘z o‘yinlariga stavka qilgan(mi)?
Yaqindagina SPORTS.uz'ning elektron pochtasiga nomdor bukmekerlik kompaniyasidan xat kelib tushgan. Unga ko‘ra, "Lokomotiv" jamoasining ikki o‘yini shubha ostiga olingan va tashkilot bu borada FIFAga ariza yozmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. Quyida ushbu xat va uning tarjimasini taqdim etamiz:
"Men Osiyo bukmekerlik kompaniyasining o‘yinlar bo‘yicha rasmiy inspektoriman. Kuzatuvlarimizdan so‘ng men o‘zbek klubi bilan muammo (Toshkentning "Lokomotiv" klubi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan) borligini aniqladim. Bu 100 foiz aniq va tasdiqlangan. Bahs natijasini sun’iylashtirib, ularni bukmekerlik kompaniyasiga sotuvchi osiyolik dallolga yetkazib turishgan.
Biz barcha transaksiyalarning isbotini olamiz.
Iltimos quyidagilarni tekshiring:
1. 10 avgust, 2022 yil (AGMK va "Lokomotiv")
2. 17 iyun, 2022 yil ("Lokomotiv" va "So‘g‘diyona")
3. Tikishlar qayd etilgan rasmlar;
4. O‘yinchilarning totalizator videosi;
5. Raqiblarning videoyozuvi.
O‘zbekiston klubi doirasidagi uchrashuvda 100 foiz muammo bor. Futbolchi va vositachilarning dastlabki so‘rovlari orqali har bir jamoada 5 tadan kelishilgan o‘yinda ishtirok etgan o‘yinchi bor, natija ham kelishilgan. Biz texnik qo‘shimchalarni o‘rganib chiqdik va transaksiya yozuvlari, chat yozuvlari, rasmlar, o‘yinchilarning stavkalash miqdori shuningdek, g‘ayritabiiy ko‘rsatkichlar va kompaniyadagi o‘zgarishlarni aniqladik. Kompyuter o‘yin oldidan g‘ayritabiiy ko‘rsatkichlarni belgilagan va stavkachilarni qattiq ogohlantirgan.
Jamoa o‘z natijalarini yaxshilash uchun bir qancha o‘yinlarda qatnashgan. Biz yanada ko‘proq dalillarni FIFA uchun saqlab qolamiz va o‘zbek hukumati, rasmiylar, jurnalistlar, organ xodimlari, o‘yinchilar, jamoa prezidentlari va murabbiylardan barcha aniqlangan shaxslarni ustidan o‘rganish olib borishini so‘raymiz. Bizning kompaniya dalillarni xalqaro politsiyaga ko‘rsatadi va e’lon qiladi (Biz ushbu xabarni o‘zbek rasmiylariga ham yuboramiz)."
SPORTS.uz bilan bog‘langan shaxslar o‘z ma’lumoti to‘g‘ri ekanligini isbotlash maqsadida quyidagi skrinshotlarni taqdim etgan. O‘quvchilarimiz uchun qulayroq bo‘lishi uchun, ushbu suratlarda aks etgan dialoglarni o‘zbek tiliga o‘girib e’tiboringizga havola etamiz.
- Juda yomon. Jin ursin!
- Birga ishlaymizmi yoki yo‘qmi? Ishlaymiz, deb ayt menga. Ammo o‘tgan safargidek boshlama. Men senga o‘zim xabar beraman.
- Xo‘p. Men garov tikdim.
- Ishlaymizmi?
- Ha, ishlaymiz.
- Xo‘p.
- Xabarimni kut
- SMS boradi
- Tezroq bo‘l. Ozroq to‘xtalish bo‘ladi. So‘ng SMS yuborishim kerak. U buni ko‘rishi kerak
- Xo‘p.
- Ishlaymiz a?
Ye.K: - Ular 8 minut avval ishga kirishgan. Hozir barcha futbolchilar asabiylashyapti. Ular sardor Kaxidan pul talab qilmoqda. Shuningdek, ular butun mavsum ishlab kelishni istashmoqda. Sababi, hozir klubda pul bor.
Toni: - Bu futbolchilar mendan pul so‘ramoqda. Ularga nima deb javob beray?
E’tiborlisi shundaki, ushbu suratlarda "Lokomotiv" jamoasining bir nechta futbolchisi "Sug‘diyona" bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashi va Kaxi Maxaradzening qizil kartochka olishini "bashorat qilgan". Bahs yakunida esa, oldindan taxmin qilingan hisob va "temiryo‘lchilar" legionerining qizil kartochkasiga guvoh bo‘ldik.
Bukmekerlik kompaniyasi tomonidan berilgan ma’lumotlar qanchalar shubhali bo‘lsa, ularning so‘zlari o‘z isbotini topgani ham shu darajada insonni o‘ylantirib qo‘yadi. Bu muammoli vaziyatda Kaxi Maxaradzening aralashib qolgani esa, tez orada "Loko" futbolchisi vaziyatga oydinlik kiritishi shart ekanligini talab qiladi. Narigi tomondagi BK xodimi istalgan vaziyatda "temiryo‘lchilar"ning ikki bellashuvida ayrim futbolchilar o‘yindagi qaysidir aspektlarga pul tikkanini isbotlab berishga tayyor ekanligini aytmoqda. Xo‘sh, "Lokomotiv" klubi va uning sardori bunga qanday argument keltiradi? Biz bir tomonining iddaosini eshitdik. Agar so‘zlamoqchi bo‘lsa, narigi tomonga ham minbar berishga tayyormiz!
Norboy muallim o‘zbek futbolidagi eng og‘riqli muammolarni taqdim etishni boshlaganidan xabaringiz bor. Bir necha kun avval, barcha yolg‘onchiga chiqargan Ro‘ziqul Berdiyev bilan eksklyuziv intervyu uyushtirgan edi. Endi, "Loko" futbolchilari borasida bukmekerlik kompaniyasi tomonidan taqdim qilinayotgan faktlarni e’tiboringizga taqdim etdi. Qadrli futbolimizga befarq bo‘lmagan insonlar, unutmang, Norboy Muallim bor ekan, yopiq qozonlar yopiqligicha qolib ketmaydi.
P.S: Bu tashqi manbadan kelgan ish keyinchalik futbolimiz zarariga ishlamasligi uchun O‘zPFL va O‘FAdan bu masalani chuqur tekshiruvdan o‘tkazishini so‘raymiz!
Norboy Muallim
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»