Italiya A Seriyasida to‘rtta turdan keyin birinchi pog‘onani band etib turgan “Roma” futbolchilari beshinchi turda “Udineze” maydoniga safar qilib, qaqshatqich zarbaga uchradi. Joze Mourino bu o‘yinga shogirdlarini yetarli darajada tayyorlay olmagani, tarkib va taktika tanlashda xatoga yo‘l qo‘ygani namoyon bo‘ldi.
Ilk daqiqalardan hujumga o‘tgan Udine futbolchilari beshinchi daqiqada Destini Udodjining aniq zarbasi evaziga hisobni ochdi. Vaziyatni tezroq o‘nglashga harakat qilgan Joze Mourino tanaffusda Brayan Kristante va Rik Karsdorp o‘rniga yozgi transferlar vaqtida olingan yangi o‘yinchilar – Andrea Belotti va Mehmet Zeki Chelikni maydonga tushirdi.
Bu rokirovka natijasi ayanchi bo‘ldi. Mezbonlardan Lazar Samarjich va Roberto Pereyra yana bittadan to‘p kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari kutgan voqea 77-daqiqada sodir bo‘ldi. Joze Mourino raqib bilan to‘qnashib, jarohat olgan Temmi Abraaxam o‘rniga Eldor Shomurodovni maydonga tushirdi. Belotti, Abraxam, Dibala kabi yulduzlar hech narsa qila olmagan o‘yinda Shomurodov ham o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
Oqibatda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Sandi Lovrich rimliklar darvozasiga to‘rtinchi to‘pni kiritib, raqibni nokautga uchratdi – 4:0.
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jurnalistlarga fikrlarini tez-tez bildirib, muloqotdan qochib qolishga harakat qildi.
- Bu juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Raqib bundan uchrashuvlarda qanday harakat qilishni biladigan murakkab jamoa edi.
Bunaqa uchrashuvda hisobda ortda qolib bo‘lmaydi. Raqib juda mustahkam himoyalanadi, qarshi hujumga o‘tib ketadi, o‘yin tempini nazorat qilib, taktik follardan foydalanadi. Shuning uchun ham hisobda ortda qoldingizmi, muammolaringiz ko‘payib ketadi.
“Udineze”ning har bir qarshi hujumchi gol bilan yakunlandi. Bizda ham to‘p to‘singa tekkan va penaltiga tortadigan vaziyatlar ko‘rinishida imkoniyat bo‘ldi, lekin 0:4 hisobida yutqazib turganda, hakamlik haqida gapirishning hojati yo‘q. Mening odatim shunday.
Men to‘rtta uchrashuvda 0:1 hisobida yutqazgandan ko‘ra, bitta o‘yinda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lishni ma’qul ko‘raman. Chunki oxir-oqibat biz bitta 12 ta emas, atigi uch ochkoni boy berdik.
Bizga ham, muxlislarimizga ham bu hisobni qabul qilish juda qiyin. Lekin bu hayot o‘zi shunaqa. Chorshanba kuni bizni Yevropa ligasidagi o‘yin kutib turibdi. Oldinga qarab harakat qilishda davom etamiz, - dedi Joze Mourino.
Beshinchi turdagi mag‘lubiyatdan keyin “Roma” o‘zi kurashayotgan Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rin – kuchli to‘rtlikdan chiqib ketdi. “Roma” o‘rniga “Udineze” futbolchilari 10 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Amaldagi chempion “Milan” va “Napoli” jamoalari qiyin o‘tgan bahslarda g‘alaba qozonib, o‘n bittadan ochko bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Agar bugungi uchrashuvda “Atalanta” safarda liga debyutanti “Monsa”ni yenga olsa, musobaqa jadvalida eng yuqori pog‘onaga ko‘tarilib oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»