16:40 / 05.09.2022
1 205

Ulug‘bek Baqoyev: "Umid qilamanki, ertaga stadionimiz to‘lib-toshadi"

Ulug‘bek Baqoyev: "Umid qilamanki, ertaga stadionimiz to‘lib-toshadi"
Ertangi OFK Kubogi Hududlararo yarim final uchrashuvi oldidan "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev va himoyachi Iskandar Shaykulov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

- O‘yin haqida
"Barchaga xayrli kun. Birinchi navbatda Jizzax xalqini tarixiy o‘yin bilan tabriklayman. Ertaga Jizzaxda ilk bor xalqaro o‘yin bo‘lib o‘tadi. Umid qilamanki, ertaga stadionimiz to‘lib-toshadi.

Biz butun mamlakat nomidan maydonga tushamiz, futbolchilar, murabbiylar va xodimlar ertangi bahsning mas’uliyatini to‘g‘ri tushunib turishibdi. Bu bosqichga yetib kelgan bo‘lsa, demak, Gonkongning "Istern" klubi ham yomon jamoa emas. Ularni hurmat qilamiz. Ammo "So‘g‘diyona" ertaga g‘alaba qozonish uchun borini beradi
", – deb gap boshladi Ulug‘bek Baqoyev.

"Avvalambor, Assalomu alaykum. Qimmatli vaqtingizni ayamay kelganingiz uchun rahmat. Ertaga nafaqat Jizzax xalqi uchun, balki butun O‘zbekiston mamlakati uchun g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Qo‘limizdan kelgan barcha ishni 100 foiz bajarishga urinamiz", – dedi Iskandar Shaykulov.

- Bir yo‘la uchta musobaqada qatnashish qanchalik qiyin bo‘lmoqda?
- To‘g‘ri, Coca Cola Superligasi va Kubok bahslaridan tashqari OFK Kubogida ishtirok etyapmiz. Taqvimimiz juda tig‘iz. Shu bois tarkibda rotatsiyaga qo‘l uryapmiz. Yigitlarga imkon qadar teng o‘yin vaqtini taqdim etyapmiz. O‘yinlardan keyin tiklanish uchun alohida e’tibor qilyapmiz.

- Yozda tarkibga kelgan yangi futbolchilar haqida nimalar deya olasiz?
- Yangilarning har biri tajribali va yaxshi futbolchilar. Ular jamoaga tezda qo‘shilib ketishdi. Deyarli har bir bahsda jamoaga foyda keltirishmoqda.

- Oxirgi o‘yinlarda rotatsiyani asosan yarim himoyachilar o‘rtasida qilyapsiz...
- Biz futbolchilarning jismoniy holatini kuzatib boramiz. To‘g‘ri aytingiz, ko‘proq yarim himoyachilarni ko‘proq almashtiryapmiz. Sababi oddiy - ular o‘yin davomida ko‘proq yuklama olishadi. Bu yilgi OFK Kubogi bizga tajriba bo‘lmoqda.

- Savol Iskandar Shaykulovga: "So‘g‘diyona" safida uzoqdan kuchli va aniq zarba bera oladigan futbolchilar ko‘p. Masalan, o‘zingiz, Shahboz Jo‘rabekov va Jasur Hasanov. Ammo so‘nggi paytlarda uzoqdan urilgan gollar deyarli kuzatilmayapti. Ertaga shunday gol kutishimiz mumkinmi?
- Juda qiziqarli savol. Bunga nima deb javob berishni bilmayman. Balki uzoqdan tepmayotganimiz sababi hujumda yaxshiroq vaziyatda turgan futbolchiga pas berayotganimizdadir. Ertaga bu kamchiligimizni to‘g‘rilashga harakat qilamiz.

- Gonkong klubi Jizzaxda mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bo‘lajak raqibning mashg‘ulotlarini kuzatdingizmi? Qanday jamoa ekan?
- "Istern" jamoasining mashg‘ulotlarini kuzatmadim. Sababi bu to‘g‘ri deb o‘ylamayman. Murabbiylik etikasiga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblayman. Raqibni videolar orqali o‘rgandik. Jamoa tezkor va har bir pozitsiyada tartibli o‘ynaydi.

- Muxlislarga aytadigan gapingiz bormi?
- Bizni qo‘llab-quvvatlang, sizlarga sabr tilayman. Sababi og‘ir o‘yin bo‘ladi. Muxlislar tribunada, biz esa maydonda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Umid qilamanki, ertaga stadionimiz to‘lib-toshadi"