17:05 / 05.09.2022
1 473

Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashayotgan Murzoyev Maxaradze bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashayotgan Murzoyev Maxaradze bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi
Foto: Sports.uz
Kecha juda xunuk xabar tarqaldi. “Lokomotiv”ning ayrim o‘yinlari shubha ostiga olingan va unda jamoa a’zosi Kaxi Maxaradzening ishtirok etgani asosiy mavzuga aylandi.

Endi bu yog‘i nima bo‘ladi, deb o‘ylayotgandirsiz! Ayni paytda surishtiruv ishlari boshlangan. O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev esa kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish uchun bir qator ishlarni amalga oshirib kelayotganini bilardik. Ammo bu yoqda kimlardir noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketgani ayon bo‘lib bormoqda. Vaziyatdan kelib chiqib Murzoyevga murojaat qildik.

Bilgandim, savollaringiz bo‘yicha. Faqat imkon bo‘lsa, bu pozitsiya bo‘yicha gapirishga bir-ikki kun muddat bersangiz. Ushbu xunuk masala bo‘yicha hozir surishtiruv ishlari ketyapti. Biz ham hozir O‘FAdamiz. Avval bunga to‘liq aniqlik kiritish kerak. Chunki podadan oldin chang chiqarib qo‘yib, ertaga nafaqat Maxaradzeni reputatsiyasi, bu yoqda o‘zbek futbolini hamda “Lokomotiv” futbol klubini ham sha’ni bor. Shuning uchun barchasiga to‘liq aniqlik kiritganimizdan so‘ng sizga ma’lumot bersak.

Albatta, pozitsiya nuqtai nazaridan gapiradigan bo‘lsam, bu juda xunuk holat. Nima uchun? Bu yil kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish maqsadida alohida FIFPro va FIFAning loyihasi ham o‘zbek futbolchilariga taqdim etilgandi. Mana shunday vaziyatda bunday xunuk holatning chiqishi albatta achinarli. Endi asta-sekinlik bilan obro‘ini tiklayotgan o‘zbek futboli uchun kutilmagan qaltis holat. O‘ylaymanki, hammasi o‘z iziga tushib hal etiladi. Agar bunday vaziyatda kimdir aybdor bo‘lsa, albatta o‘z jazosini olishi kerak
”, deydi - Kamoliddin Murzoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashayotgan Murzoyev Maxaradze bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi