
"Valensiya" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Xetafe"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jamoa himoyachisi Toni Latoni maqtadi.
"Mestalya"dagi bahsda "ko‘rshapalaklar" 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi dastlabi golni mezbonlar himoyachisi Toni Lato urdi. Gattuzo o‘yindan so‘ng o‘z shogirdini maqtadi.
"Tarkibimizda Toni Latodek futbolchi borligidan baxtiyorman. U zo‘r yigit. Mening qizim hali yosh, endigina 18 bahorni qarshiladi. Lekin Toniga o‘xshagan yigit unga munosib turmush o‘rtoq bo‘la oladi. Tonining qanday yigit ekanligini bilsangiz kerak, u kamtar va mehnatkash", dedi "Valensiya" ustozi.
Toni Lato bu fikrga munosabat bildirdi: "Men nima deyishni bilmayman (yuzi qizargancha), bosh murabbiyni judayam hurmat qilaman, biroq mening qiz do‘stim bor".
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Tottenxem" ustozi Antonio Konte Son Xyon Min kabi yigitni kuyov qilishni istashini aytgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar