
Bungacha "Surxon" murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelgan Migel Alvares "Surxon" bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.
"Ispaniyalik mutaxassis 1982 yilning 27 noyabr kuni tug‘ilgan. Migelm UEFAning PRO litsenziyaga ega mutaxassis hisoblanadi. U Osiyo futbolida juda katta tajribaga ega.
Bundan tashqari, Alvares BAA Kubogi prezidenti g‘olibi (2018/19 yilgi mavsum), BAA Liga Kubogi g‘olibi (2018/19 yilgi mavsum) hamda Maldiv orollari chempioni (2017/18 yilgi mavsum) bo‘lgan.
Migel Alvaresning ishlagan klublari:
➖ "Nyu York Siti" (AQSH) — yoshlar akademiyasi bo‘yicha koordinator;
➖ "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) — yordamchi murabbiy;
➖ "Al Fath" (Saudiya Arabistoni) — yordamchi murabbiy;
➖ "Al Ittifoq" (Saudiya Arabistoni) — bosh tahlilchi;
➖ "Tinadu FK" (Maldiv orollari) — bosh murabbiy;
➖ "Shabab Al Ahli" (BAA) — bosh tahlilchi;
➖ "Al Nasr" (BAA) — yordamchi murabbiy;
➖ "Al Xolij" (Saudiya Arabistoni) — yordamchi murabbiy;
➖ "Vadi Degla FK" (Misr) — bosh tahlilchi;
➖ "Al Fotih" (Saudiya Arabistoni) — yordamchi murabbiy;
➖ "Al Fujayra" (Saudiya Arabistoni) — yordamchi murabbiy;
➖ "Al Adala" (Saudiya Arabistoni) — yordamchi murabbiy.
Avvalroq Anxel Lopes "Surxon"dan ketgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, jamoa Coca Cola Superligasi 17 turidan keyin 13 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.
Surxon Bosh MurabbiyiMigel AlvaresIspaniyalik MutaxassisOsiyo FutboliBAA KubogiYoshlar AkademiyasiFutbol Tajribasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar