00:24 / 10.09.2022
1 171

Maksim Shatskix: "Bugun bizning foydamizga hakam tomonidan qandaydir qo‘pol xatolar bo‘lmadi"

Maksim Shatskix: "Bugun bizning foydamizga hakam tomonidan qandaydir qo‘pol xatolar bo‘lmadi"
Coca-Cola Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
- O‘yin yomon bo‘lmadi. Afsuski, har safar gol o‘tkazib yuboryapmiz. Negaligini bilmayman. Umuman olganda yomon o‘ynamadik. G‘alaba qozonish uchun yetarlicha hujumlar qildik. Hozir eng kerakligi uch ochko va biz bunga erishdik. Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Buning ustida ishlaymiz.

- Hakamlik borasida qandaydir e’tirozlar bormi? Sababi, deyarli har uchrashuvda shu muammoga to‘xtalyapsiz...
- Menimcha, o‘sha vaziyatlarda bunga sabab bor edi. Bugun har holda hakam o‘ynash uchun imkoniyat berdi. To‘xtalishlar unchalik ham ko‘p bo‘lmadi. Bugun bizning foydamizga hakam tomonidan qandaydir qo‘pol xatolar bo‘lmadi. Penalti bilan bog‘liq vaziyatda menga ko‘proq penalti bordek tuyildi. Takroriy vaziyatni hali ko‘rganim yo‘q. Ammo menimcha penalti bor edi.

- "Paxtakor" deyarli har uchrashuvda bir xil tarkibda o‘ynamoqda. Siz rotatsiyalarga ham qo‘l urib turasizmi? Ya’ni yulduz futbolchilarga asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan deya olamizmi?
- Bizda asosiy tarkib yo‘q. "Paxtakor"da birga shug‘ullanayotgan butun tarkib bor. Ular hozirda 18 kishini tashkil qiladi. Har bir o‘yinchi istalgan o‘yinda asosiy tarkibda maydonga chiqishi mumkin. Qaytaraman, bizda asosiy tarkib yo‘q. Ishoninglar, o‘yinchi terma jamoa a’zosimi, yo‘qmi bizga farqi yo‘q. Biz murabbiylar bu futbolchilarni har kuni ko‘ramiz va ular mashg‘ulot vaqtida o‘zlarini qanday tutayotganlarini yaxshi bilamiz. Shunga qarab ular asosiy tarkibda maydonga tushishadi. "Paxtakor"da hech kimga joy kafolatlanmagan. Jamoada raqobat bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lsagina jamoada o‘sish bo‘ladi. O‘yinchi raqobatsiz qolsa u degradatsiyaga uchraydi. Afsuski, hozirda jamoamizda raqobat biz istagandek emas. Ammo kelajakda buni bartaraf etamiz.

- Doston Tursunov hali jarohatini to‘liq tiklolmadimi yoki uning o‘yini asosiy tarkibga tortmayaptimi?
- U shunchaki tiklanmoqda. Bu kabi jarohatdan so‘ng o‘yinchiga oson bo‘lmaydi. Doston o‘z sport formasiga qaytishi bilan unda maydonga tushish uchun imkoniyat paydo bo‘ladi.

- Banashak yana gol urdi. Unda yana bir qancha vaziyatlar ham bo‘ldi. Uni jamoaga to‘liq moslashib ketdi desak ham bo‘ladimi?
- Adaptatsiya borasida gapingizga qo‘shilishim mumkin. Ammo vaziyatlardan foydalanish borasida unda muammolar yuzaga kelmoqda. Ammo u gollar urmoqda, bu esa yaxshi. Banashak o‘zidagi individual mahoratni rivojlantirishi kerak. Jamoadoshlari yaratib bergan vaziyatlardan u foydalanishi lozim.

- Cheranni o‘zgartirganingizdan so‘ng uning biroz xafsalasi pir bo‘ldi. Bunga fikringiz qanday?
- U bundan norozi bo‘ldimi?

- Bizga shunday ko‘rindi...
- Yo‘q, hammasi yaxshi. Bizning jamoada norozilar yo‘q. Agar norozilar bo‘lsa, ular kasblarini o‘zgartirganlari ma’qul.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Bugun bizning foydamizga hakam tomonidan qandaydir qo‘pol xatolar bo‘lmadi"