00:06 / 11.09.2022
1 448

Samvel Babayan: "Bunday o‘yin bilan futbolimiz rivojlanmaydi"

Samvel Babayan: "Bunday o‘yin bilan futbolimiz rivojlanmaydi"
Coca Cola Superliganing 18-turi doirasidagi "So‘g‘diyona" - "Navbahor" uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugun kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Afsuski durang natijasi qayd etildi. Biz albatta ko‘prog‘ini niyat qilgandik. Bunga bir qator sabablar bor. Birinchidan mezbonlar birinchi taymning o‘zidan vaqt cho‘zishni boshladi va mana shu natijani saqlab qolishga urindi. Biz ikki ochko yo‘qotdik. Dastlabki bo‘limda menimcha 30 daqiqa futbol o‘ynadik, qolgan 15 daqiqada esa raqib futbolchilarining to‘pni tepib yuborishi va ularga yordam ko‘rsatilish guvohiga aylandik. To‘g‘ri bu futboldagi ayyorliklar, ba’zan natija ham keltiradi.

Ammo bunday futbol bilan rivojlanish bo‘lmaydi. Tanaffus vaqtida futbolchilarimiz hatto terlashmagandi, sababi o‘yinda ko‘p pauza bo‘ldi.

O‘z shogirdlarimga esa rahmat aytaman, ular oxirigacha kurashishdi. Afsuski yo‘qotilgan ikki ochko o‘rnini endi boshqa o‘yinda to‘ldirishga harakat qilamiz, - dedi Samvel Babayan.

- Kubok yarim finalida ham shu jamoaga qarshi o‘ynaysizlar. Bugun taktika tuzayotganda o‘sha o‘yin haqida ham o‘yladingizmi?
- Kubok doirasidagi bahsgacha hali vaqt ko‘p. Bugungi uchrashuvga qilgan barcha rejalarimiz o‘xshadi, faqat gol urolmadik xolos. Kubok o‘yini haqida keyinroq o‘ylaymiz.

- Jasur Yaxshiboyev 90 daqiqaga tayyor emasmi?
- Jasur uzoq vaqt davomida futbol o‘ynamadi, shu bois hali to‘liq tayyor emas. Bugun 30 daqiqa o‘ynadi xolos. Oilasida sodir bo‘lgan qayg‘uli hodisa ham unga ta’sir qildi. Mavsum oxirida Yaxshiboyev o‘z darajasini ko‘rsatadi deb o‘ylayman.

- Jamshid Boltaboyev bugun maydonga tushganida "Navbahor"da g‘alaba uchun imkoniyat ko‘proq bo‘larmidi?
- O‘yindan avval ham aytdim, Jamshid jamoamizning muhim futbolchilaridan biri. Biroq uning o‘rniga bugun jamoa sardori tushdi va yuqori saviyada o‘ynadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Bunday o‘yin bilan futbolimiz rivojlanmaydi"