Kecha g‘alati ish bo‘ldi. "Sug‘diyona" - "Navbahor" o‘yinidan (0:0) keyin tashkil etilgan matbuot anjumaniga kirdik.
Oldimda SA vakili Jahongir Fayzullayev o‘tirgandi. U telefonidagi videoga olish tugmachasini bosdi va matbuot anjumanini videoga olishni boshladi. Shu payt, tashqaridan qiy-chuv eshitilib qoldi. Tabiiyki, hamma nima bo‘lganiga qiziqib tashqariga chiqdi.
Jahongir qo‘lida "zapis" bosilgan telefoni bilan ko‘chaga yo‘l oldi. U yerda Samvel Babayan muxlis ("Sug‘diyona"niki bo‘lsa kerak) bilan "to‘polon" ko‘targan ekan. Jahl ustida "Navbahor" ustozining ko‘zi telefon ko‘tarib turgan Jahongirga tushdi. Birdaniga hamma zahrini hamkasbimizga to‘kib socha boshladi. Kurakda turmaydigan haqoratli so‘zlarga tahdid ham qo‘shilib ketdi. Keyin, Samvel Babayan atrofidagilarga jurnalistning telefonini tortib olish va olgan videosini o‘chirib tashlashni buyurdi. Birdaniga 3-4 ta barzangi Jahongirning telefonidagi o‘zi istamay olgan videoni o‘chirib tashladi.
To‘g‘risi, juda xunuk ish bo‘ldi. Mayli, videoning tarqalib ketmasligiga intilgani uchun u o‘zini oqlashi mumkin, biroq Jahongirni barchaning ko‘z o‘ngida haqorat qilishga ularning haqqi yo‘q! "Lochinlar" ustozi o‘z reputatsiyasi uchun kurash olib borganini vaj qilib ko‘rsatishi mumkin, biroq bunday vaziyatlarda diplomatik yo‘l bilan hammasini hal qilish kerak edi. Kuch ishlatish yoki keskin so‘zlar bilan emas.
O‘zPFL tomonidan stadiondagi voqealarni suratga olish huquqi bor insonga jismoniy bosim qilib, telefonini titkilash hech qanday o‘lchovda oqlab bo‘lmaydigan ish. O‘zi 2 yoki 3 tagina jurnalist kiradigan press-konferensiyalarni nima uchun, kim uchun o‘tkazishadi aslida? Xalq va futbol olami o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tab berayotgan jurnalistlarning qadri shu darajada tushib ketdimi? Ertaga keskinroq savol berilsa, ko‘plashib do‘pposlashga tushib ketishmaydi, deb kim kafolat beradi? Omon bo‘lsak, ko‘raveramiz.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi