Xabib Nurmagomedov agar Angliyada tug‘ilganida o‘zini futbolchi bo‘lardi, deb hisoblaydi.
- Aytishlaricha, "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Real", "Arsenal"ni qo‘llab-quvvatlaysiz... Aslida qaysi biriga muxlislik qilasiz?
- "Bu yerda [Londonda] har xil odamlar – "Arsenal", "Chelsi", "Tottenxem", "Manchester" muxlislari ko‘p. Shuning uchun men o‘zimning Angliyadagi sevimli jamoam nomini aytmayman.
Men Angliya Premer-ligasini yaxshi ko‘rishimni aytishim mumkin. Uni juda yaxshi ko‘raman. Menga futbol yoqadi va umuman, futbol MMAdan ancha yaxshi. Buni men avval ham aytganman va doim aytaman. Odamlar buni bila turib "nega unda MMA jangchisi bo‘lgansiz?", deb so‘rashadi. Rostini aytsam, bu qandaydir bir tasodif.
Bu mening Dog‘istonda tug‘ilib o‘sganim tufayli sodir bo‘lgan bo‘lsa kerak. Agar Angliyada tug‘ilganimda, futbolchi bo‘lardim. Men futbolni sevaman. Men Angliyada biron bir jamoani tanlamayman, shunchaki bu mamlakatda futboldan zavqlanaman. Agar biron bir jamoa nomini aytsam, menga nisbatan hushtakbozlik qilinadi", – dedi UFC'ning yengil vazn toifasi bo‘yicha sobiq chempioni xayriya kechasida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi