"Manchester Yunayted" 2007 yildan beri ilk marta Angliya kubogi finaliga chiqdi

"Manchester Yunayted" 2007 yildan beri ilk marta Angliya kubogi finaliga chiqdi

"Manchester Yunayted" Angliya kubogining yarimfinalida " Everton"ni 2:1 hisobida engdi.

G‘oliblar safida gollarni Maruan Fellayni (34-daq.) va Antoni Marsyal (90-daq.) kiritdilar. "MYu"ning yana bir o‘yinchisi "o‘zini ko‘rsatdi": Kris Smolling 75-daqiqada o‘z darvozasiga avtogol kiritib qo‘ydi.

Shuningdek, 57-daqiqada "Everton" hujumchisi Romelu Lukaku penaltini amalga oshira olmadi.

Shu tariqa "MYu" 2007 yildan beri ilk marta Angliya kubogi finaliga chiqdi hamda unda 24 aprelda bo‘lib o‘tadigan "Kristal Pelas" - "Uotford" uchrashuvining g‘olibi bilan bellashadi.

Final 21 mayda yarimfinallar o‘tayotgan Londondagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi "Kun" nashri.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar