date

"PSJ" kamchilikda "Lill"ga to‘p urib, Fransuz ligasi kubogi g‘olibi bo‘ldi

"PSJ" kamchilikda "Lill"ga to‘p urib, Fransuz ligasi kubogi g‘olibi bo‘ldi

23 aprelda Parijdagi "Stad de Frans" stadionida Fransuz ligasi kubogi finalida "PSJ" va "Lill" klublari uchrashdi, deb xabar beriladi "Kun"da.

Uchrashuvda hisobni "PSJ" yarimhimoyachisi Xaver Pastore 40-daqiqada ochdi. 49-daqiqada "Lill" himoyachisi Jibril Sidibe hisobni tenglashtirdi.

70-daqiqada "PSJ" yarimhimoyachisi Adrian Rabio 2-sariq kartochkasi uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlashtirildi.

Parijliklar kamchilik bo‘lib harakatlanishlariga qaramay, 74-daqiqada Anxel Di Mariyaning goli evaziga g‘olib bo‘lishdi.

"PSJ" ushbu nufuzli musobaqani umumiy hisobda 6 marta va ketma-ket 3 marta qo‘lga kiritdi. Bu natija musobaqa tarixida eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bundan tashqari, Parij klubi 6 marta Fransiya chempioni bo‘lgan va 9 marta milliy Kubokni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Loran Blan shogirdlari mart oyidayoq o‘zlariga joriy mavsumdagi mamlakat chempioni unvonini muddatdan avval taxt qilib qo‘ydilar.

Fransiya ligasi kubogi. Final

PSJ (Parij) – Lill (Lill) – 2:1

Gollar: Pastore, 40 (1:0); Sidibe, 49 (1:1); Di Mariya, 74 (2:1).

Chetlatish: Rabio, 70 (PSJ)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "PSJ" kamchilikda "Lill"ga to‘p urib, Fransuz ligasi kubogi g‘olibi bo‘ldi