
Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi jamoa 17-20 sentabr kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlarini olib boradi. Shundan keyin O‘zbekiston OTJ koreyalik tengdoshlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga jo‘nab ketishadi. Bahslar 23 va 26 sentabr kunlari Hvason shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bosh murrabiy tomonidan mazkur yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing:
Darvozabonlar: Shukron Yo‘ldoshev ("Olimpik"), Hamidullo Abdunabiyev ("Olimpik"), Vladimir Nazarov ("Olimpik").
Himoyachilar: Odilbek Abdumajidov ("Ordabasi", Qozog‘iston), Eldorbek Begimov (AGMK), Alibek Davronov ("Nasaf"), Muhammadqodir Hamraliyev ("Olimpik"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Behzod Shamsiyev ("Olimpik"), Shahzod Toirov ("Olimpik"), Dostonbek Tursunov ("Olimpik"), Sunnatulloh Hamidjonov ("Olimpik").
Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo‘riyev ("Olimpik"), Ibrohim Ibragimov ("Metallurg"), Muhammadaziz Ibrohimov ("Olimpik"), Jasurbek Jaloliddinov ("Lokomotiv"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Farruh Muxtorov ("Olimpik"), Nurmuhammad Toshpo‘latov ("Lokomotiv").
Hujumchilar: Alisher Odilov ("Olimpik"), Otabek Jo‘raqo‘ziyev ("Olimpik"), Ulug‘bek Hoshimov ("Neftchi"), Husayn Norchayev ("Nasaf"), Ruslanbek Jiyanov ("Olimpik"), Timur Mamasidiqov ("Olimpik").

Timur KapadzeO‘zbekiston OTJO‘quv-mashg‘ulotlarKoreya RespublikasiHimoyachilarHujumchilarFutbolchilar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar