1 397
Nikola Lazarevich: "Sizlar butun mavsum davomida jamoangizni tortib yurgan ayrim kimsalarning yordamidan ko‘ra ancha yaxshirog‘iga loyiqsizlar"
Coca Cola Superligasi 19-turi doirasidagi "Navbahor" – "Qizilqum" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida qatnashdi.
O‘yin haqida
— Barchaga xayrli kech. Bilasizmi, shuni ta’kidlashim kerakki, mavsum oldidan "Navbahor"ning o‘yinlarini, tayyorgarligini tomosha qilganimdayoq ularni chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri deb aytgandim. Buni tan olishim lozim. Ammo bundan keyin nimalar yuz bergani borasida savollar bor. Oxirgi uch o‘yinda hakamlik borasida tushunarsiz savollar ko‘payib ketmoqda. Bu yerda hakamlik qanday bo‘lsa shunday. Bu hammaga ayon. O‘zbekistonliklarning barchasi bu yerdagi hakamlik qanday ekanligini yaxshi biladi.
Bugungi o‘yinga kelsak, bizga qiyin bo‘lishini oldindan bilgandik. Ikki safardan beri buni ko‘rmoqdamiz, uchinchisida hayron qolish shart emas. Menda sizlarga va rahbariyatingizga savolim bor. Men Namangan rahbariyatini hurmat qilaman. Sizlar borayotgan yo‘l to‘g‘rimi? Namanganlik muxlislar, sizlarni hurmat qilaman, qo‘llab-quvvatlayman. Sizdan ham shuni so‘ramoqchiman. Yaxshi, chempion bo‘lishingiz mumkin. Ammo sizlar chempion bo‘lmoqchi bo‘lgan yo‘l to‘g‘rimi?
Sizlar butun mavsum davomida jamoani tortib yurgan ayrim kimsalarning yordamidan ko‘ra ancha yaxshirog‘iga loyiqsizlar. Maydonda hammasi ko‘rinib turibdi. Videoda ham hammasi aniq ko‘rinib turibdi. Yana bir marta muxlislardan so‘ramoqchiman: Shu tarzda chempion bo‘lmoqchimisizlar? Mana shu yo‘l orqali chempion bo‘lmoqchimisizlar? Bu savol sizga. Chempionlikka munosib ekanligingizga umuman shubham yo‘q. Sizda yaxshi jamoa, murabbiylar, zaxira o‘yinchilari bor. Men chin dildan gapiryapman. Sizlar bu tarzda chempion bo‘lishga loyiq emassizlar. O‘zbekistonda istalgancha chempion bo‘lishingiz mumkin, ammo OCHLda bunday bo‘lmaydi.
To‘g‘ri tushuning, biz xorijlikmiz. Biz bu yerga ishlash uchun kelganmiz. Bu yerdagi vaziyatni his qilganimizdan so‘ng bizda hech qanday umid qolmaydi. Pulimizni ishlaymiz va uyimizga qaytib ketamiz. Barcha muammolar esa sizlar bilan qoladi. Bu muammolar bugun paydo bo‘lib qolmagan buni yaxshi bilasizlar. Bu muammolar 10, 15 balki 20 yillik muammolar. Men yana qaytaraman, bu yerda iste’dodlar juda ko‘p. Millat sifatida iste’dodlarga to‘lasizlar. Sizlarga bunday yo‘ldan yurish kerak emas.
Sizlar to‘g‘ri yo‘ldan yurishingiz, rivojlanishingiz kerak. Shundagina ertaga Osiyo chempioni, Jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lishingiz mumkin. Bu yil esa nima bo‘layotganini yaratgan ko‘rib turibdi. Namanganda atmosfera juda ham ajoyib. Bugun to‘qson daqiqa davomida spektaklda o‘tirgandek his qildim o‘zimni. Muxlislar shunchaki ajoyib.
- Siz aytayotgan boshqa yo‘l qanday?
- Faqat halol futbol. Hech qanday hakamlarning aralashuvisiz toza futbol. Men shunchaki o‘z fikrimni aytdim. Men bugun borman ertaga yo‘q. Men Namangan emas, umuman o‘zbek futboli haqida gapiryapman. Balki xato qilayotgandirman.
- Siz aynan qaysi vaziyatga norozilik bildiryapsiz. O‘yinchimizning qo‘liga to‘p tegib penalti belgilangan vaziyatgami? Sizning mamlakatingiz Serbiyada shu kabi vaziyatda penalti beriladimi? O‘yinchi orqa tarafi bilan turgandi. Futbolchi havodan yerga tushayotganda boshqa imkoniyati bo‘lmaydi. Hujumchi bosh bilan zarba berganida himoyachi bilan bir metr masofada turgandi. U hech narsani ko‘rmaydi va yerga yiqiladi. Yerga yiqilayotganda u qo‘lini yig‘ishi kerakmidi?
- Ha, bu qo‘l bilan o‘yin hisoblanadi. Xo‘p, mayli. Bugungi g‘alaba bilan "Navbahor"ni tabriklayman. Ajoyib jamoa. Bugun ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Faqatgina o‘yin borasida jamoani tabriklayman. Sizlarga kelajakda omad tilayman.
- Barchaning nomidan o‘zbek futboli uchun qayg‘urayotganingiz uchun rahmat aytamiz. Ammo o‘zbek futboli ortidan pul ham topyapsiz. Shu sabab ham sizga eng yaxshilarini tilaymiz...
- Rahmat hammaga. Omad.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi