“Roma” rahbariyati jamoa tarkibini o‘zgartirishni qishki transferlar oynasi davrida ham davom ettiradigan bo‘lyapti.
Italiya matbuoti “bo‘rilar” Norvegiyaning “Budyo Glimt” jamoasi hujumchisi Ola Solbakkenni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Aslida 23 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda Konferensiyalar ligasi doirasida rimliklarga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda “Roma” darvozasini ishg‘ol qilganidan keyin Joze Mourinoning e’tiboriga tushgan edi.
“Roma” sport direktori Solbakken transferi bo‘yicha bir necha bor norvegiyaliklar bilan muzokara olib borgandi. Tomonlar shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib bo‘lgan. Norvegiyada iqlimdan kelib chiqib, chempionat noyabr oyining yarmidayoq to‘xtatiladi. Solbakkenning “Budyo-Glimt” bilan shartnomasi dekabrda yakunlanadi.
Shuning uchun rimliklar norvegiyalik forvardni qishki transferlar vaqtida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni ma’qul topdi. “Roma” bu hujumchi jamoaning gol urish borasidagi muammosini hal qilishiga umid bildirmoqda.
Shu o‘rinda, “Roma” rahbariyati Eldor Shomurodov ustozi Joze Mourinoning ishonchini qayta qozonishga harchand urinmasin, unga yetarli darajada, hech bo‘lmasa, mavsum oxirigacha imkon bermoqchi emas. Poytaxtlik mutasaddilari Ola Solbakenni aynan o‘zbek hujumchisining o‘rniga olib kelmoqchi.
La Gazzetta dello Sport jurnalisti Massimo Chekkinining yozishicha, “Roma” yanvarda Eldor Shomurodovni ijaraga berib yuborishni rejalashtirmoqda. O‘zbek hujumchisiga yozgi transferlar vaqtida Italiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlardan qiziqish bo‘ldi. “Bolonya”, “Torino”, “Sassuolo”, “Trabzonspor”, “Beshiktosh”, “Galatasaroy” kabi jamoalar rimliklar bilan muzokara ham o‘tkazdi.
Shomurodov Italiyadan tashqaridagi jamoalarga o‘tishni istamagan bo‘lsa, A Seriya vakillari “Roma” rahbariyati bilan transfer summasi borasida bir to‘xtamga kela olmadi.
Shu o‘rinda, Joze Mourino Shomurodov masalasida biroz adolatsizlik qilayotgandek ko‘rinmoqda. Legionerimiz murabbiylar shtabi tomonidan o‘ziga berilgan arzimas bir necha daqiqa davomida o‘zini ko‘rsatib, bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratmoqda. Yevropa Ligasida rimliklarning ilk golini ham aynan Eldor kiritdi.
Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portalidagi statistikalarga e’tibor bersak, Shomurodov samaradorlik bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichga ega. Rimliklarning faqat markaziy hujumchi vazifasini bajara oladigan vakili Temmi Abraxam mavsum davomida sakkizta uchrashuvda 579 daqiqa harakat qilib, ikkita gol muallifi bo‘ldi.
Paulo Dibala 608 daqiqa davomida o‘z hisobiga to‘rtta aniq zarba yozdirib, bundan buyon “Roma”ning asosiy to‘purari kim ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.
Mourino katta umidlar bilan olgan Andrea Belotti hisobida oltita o‘yin va 244 daqiqa davomida kiritilgan bitta to‘p bor.
Shomurodovning chap qanot hujumidagi asosiy raqobatchisi Nikola Zalevski oltita uchrashuvda 245 daqiqa o‘ynab, hali samarali harakatlarni amalga oshirgani yo‘q. Yana bir chap qanot hujumchisi Stefan El-Shaaravi jarohat olgunga qadar to‘rtta bahsda qatnashib, biror marotaba o‘zini ko‘rsata olmadi.
“Roma” hujumchilari o‘rtasida Eldor Shomurodovga eng oz imkoniyat taqdim etildi. A Seriyada ikkita bahsni qo‘shib hisoblaganda 24 daqiqa, Yevropa Ligasida bir o‘yinda 23 daqiqa harakat qilib, o‘zimga taqdim qilingan 47 daqiqa ichida bitta gol urishga va bir necha xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Shunga qaramay, “Roma” aynan Eldor Shomurodovni ijaraga jo‘natib, uning joyini Ola Solbakkenga berishni mo‘ljallamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»