22:00 / 22.09.2022
1 503

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, 27 sentyabrdan 8 oktabrga qadar Kuvaytda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda qit’amizning eng kuchli jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston vakillariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O‘FA rahbariyati mazkur yirik musobaqa oldidan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oldimizda turgan ushbu musobaqaning mas’uliyati haqida fikr bildirildi. Unga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgani, bir qancha yig‘inlar va xalqaro uchrashuvlar tashkil etilgani qayd etildi. Futzal terma jamoamiz yirik turnirlarda muntazam ishtirok etib kelayotgani aytilib, bu galgi turnirda ham munosib ishtirok etgan holda yuqori o‘rinni qo‘lga kiritishga tilak bildirildi.

Butun xalqimiz, futbol jamoatchiligi va muxlislar musobaqa davomida jamoamizni qo‘llab-quvvatlashi, vakillarimiz esa birdam bo‘lib, Vatanimiz sharafi uchun kurashishi va yurt obro‘sini xalqaro maydonda munosib himoya qilishi kerakligi ta’kidlandi.

O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futzalchilari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Shundan keyin Ravshan Irmatov murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Uchrashuv yakunida O‘FA rahbariyati mas’uliyatli turnir oldidan yana bir bor jamoamizga omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz Osiyo kubogidagi ishtirokini 27 sentyabr kuni Turkmanistonga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi