date

Maradona «Real» va «Barselona»ni irq ajratishda aybladi

Maradona «Real» va «Barselona»ni irq ajratishda aybladi

«Napoli» va Argentina terma jamoalarining sobiq hujumchisi Diego Maradona neapolliklar mavsumlar oralig‘ida Gonsalo Iguainni sotib yuborishi mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda. 28 yoshli argentinalik bu futbolchi A Seriyaning bu mavsumida 30ta gol urib, eng yaqin ta’qibchisini 14 gollik farq bilan ortda qoldirib, to‘purar bo‘lib turibdi.

«Men chetdagi odam sifatida „Napoli“ sotishi kerak deb hisoblamayman. Lekin uni sotish kattagina mablag‘ keltiradi. U bu mavsumdagi ko‘rsatkichlarni takrorlashi qiyin. U bu mavsumdagi deyarli har o‘yinda gol urdi. „Napoli“ prezidentini yaxshi bilaman, Gonsaloni transfer qilishlari haqiqatga yaqinroq.

Ularda yana bir hujumchi bor: Xolid Kulibali — fenomenal o‘yinchi. Agar u oq tanli bo‘lganida, katta ehtimoli bilan yoki „Real“ yoki „Barselona“ uni sotib olardi», — degan Maradona Piùenne uchun bergan intervyusida.

A Seriyaning joriy mavsumida 24 yoshli senegallik himoyachi Kulibali 30 uchrashuvda maydonga tushgan va 12ta sariq kartochka olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maradona «Real» va «Barselona»ni irq ajratishda aybladi