Bugun Toshkent vaqti bilan 11:00da O‘zbekiston - Kamerun o‘rtoqlik uchrashuviga start berildi. Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan o‘tadigan mazkur bahsga qiziqish katta. Har holda terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqqan jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Bugungi o‘yin oldidan "Lokomotiv"ning kamerunlik legioneri Jerom Etame fikrlari bilan qiziqdik.
- Jerom, O‘zbekiston va Kamerun milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin haqida fikring?
- Qiziqarli uchrashuv kutyapman. Har ikki jamoada yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Bu yerda to‘p tepayotganim uchun O‘zbekiston terma jamoasiga taklif etilgan futbolchilarni ham bilaman. Menimcha, yaxshi o‘yin bo‘ladi. Kamerun terma jamoasi kuchli, biz Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etamiz.
Lekin bosh murabbiy bugungi o‘yinga ikkinchi tarkibni qo‘ysa kerak. Chunki terma jamoa Janubiy Koreyaga ketishidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida murabbiy Rigober Song ikkita tarkibni sinab ko‘rishni reja qilayotganini aytgandi. Shundan kelib chiqib 27 sentyabr kungi Janubiy Koreya bilan bo‘ladigan o‘yinga kuchli tarkibni o‘ynatsa kerak.
- Seningcha, hisob qanaqa tugaydi?
- Taxmin qilib ko‘raman, o‘yinda Kamerun 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Chunki biz jahon chempionatiga hozirlik ko‘ryapmiz. Mundial startiga oz qolgan bir paytda hamma o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi.
- O‘zbekiston terma jamoasi haqida fikring qanday?
- Faqat shuni aytishim mumkin, terma jamoangiz kuchlilar bilan qancha ko‘p o‘ynasa, shuncha yaxshi. Terma jamoa faqat shu orqali kuchayib boradi. Jamoangiz safida kuchli futbolchilar ko‘p: o‘zim taniydiganlardan Eldor Shomurodov, Oston O‘runov, Farrux Sayfiyev va boshqalarni aytishim mumkin.
- Bu o‘yinlardagi natija Kamerun termasi bosh murabbiyi faoliyatiga ta’sir qiladimi?
- Kamerunda futbolga e’tibor juda yuqori. Terma jamoa hatto o‘rtoqlik uchrashuvida natija ko‘rsata olmasa, murabbiyga chiqish eshiklari ko‘rsatilishi mumkin. Agar O‘zbekiston va Janubiy Koreya bilan o‘yinlarda salbiy natija qayd etsak, tabiiyki Rigober Songga qiyin bo‘ladi. Uni ketsin deganlar ham chiqib qoladi. Shu bois Kamerunda murabbiylar doim bosim ostida yuradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Leonid Kuchma: Rossiya bilan urushmaslik uchun Ukraina oldida ikki yo‘l bor edi
O‘t qopidagi toshlar qanday va qayerdan paydo bo‘ladi?
Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
“Oltin to‘p” tashkilotchilari nima uchun mukofot Vinisiusga emas, Rodriga berilganini tushuntirdi