
Rossiya Davlat Dumasi deputati Dmitriy Svishev "sport-express" muxbiri bilan suhbatda RFIning Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Osiyoga Futbol Konfederatsiyasiga o‘tamizmi? Buni amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi. Ammo tez orada hammasi oldingi holatiga qaytariladi degan umiddamiz. Sababi, ko‘plab xalqaro tashkilotlar bundan manfaatdor”, - dedi Svishev "sport-express" nashriga.
2 may kuni UEFA Ijroiya qo‘mitasi Rossiya klublari va jamoalarining tashkilot shafeligidagi musobaqalarda ishtirok etishi bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qildi. Rossiya kelasi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etmaydi, milliy terma jamoa esa Millatlar ligasida o‘ynamaydi. Qolaversa, Rossiya ayollar terma jamoasi 2022 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok eta olmaydi, shuningdek, yoshlar jamoalari, mini-futbol klublari va milliy terma jamoalar boshqa turnirlardan chetlashtiriladi.
Rossiya Davlat DumasiDmitriy SvishevOsiyo FutbolKonfederatsiyaga O‘tishiUEFA Ijroiya Qo‘mitasiMillatlar Ligasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar