O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Osiyo Rubogi 1-tur bahslari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Hammaga salom. Xudo xohlasa, Kuvaytdagi musobaqa juda yaxshi o‘tadi. Pandemiya tufayli bir turnir qoldirilgandi. O‘ylaymanki, Kuvayt mezbonligidagi Osiyo Kubogi ijobiy o‘tadi.
16 ta eng kuchli jamoa yig‘ilgan. Har bir terma jamoa eng chiroyli o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi. Jumladan, O‘zbekiston ham eng zo‘r o‘yinini namoyish qilishni niyat qilgan.
O‘zbekistonning kuchli to‘rtlikka kirishi motivatsiya bermaydi, chunki bu Osiyo Kubogida eng yaxshi 16 jamoa to‘plangan. Har bir o‘yinda qiyin bo‘ladi. Lekin shunga qaramasdan, har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
Har bir jamoa eng yuqori o‘rinni egallashni xohlaydi. Biz ham eng yaxshi natijalarga erishishga intilamiz", – dedi Ahmedov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning ilk turdagi raqibi Turkmaniston bo‘ladi. Ushbu bahs ertaga 13:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»