“Real”da katta oʻzgarish kutilmoqda

“Real”da katta oʻzgarish kutilmoqda
Real” rahbariyati mavsum yakunlanishi bilan tarkibda oʻzgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Ispan matubotining yozishicha, “Real”ning bir necha oʻyinchisida mavsum oxirida shartnoma yakunlanadi.

“Qirollik klubi” mutasaddilari bu oʻyinchilarning toʻrttasi boʻyicha yakuniy qarorga keldi. Unga koʻra, madridliklar yozda Marko Asensio va Mariano Dias bilan xayrlashadi.

Toni Kroos va Karim Benzemaga yangi shartnoma taklif qilinadi. Bu ikki yulduz jamoadagi kelajagini oʻzi hal qiladi.

Shuningdek, himoyachi Nacho Fernandesga hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish taklifi bildirilishi mumkin. Yarim himoyachi Dani Sebalosning klubdagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar