21:51 / 29.09.2022
1 008

Superliga. "Metallurg" bahsli vaziyatlarga boy o‘tgan o‘yinda "Qizilqum"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Metallurg" bahsli vaziyatlarga boy o‘tgan o‘yinda "Qizilqum"ni mag‘lub etdi
Foto: «Qizilqum»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turida «Qizilqum» va «Metallurg» jamoalari 29 sentyabr, payshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmaydi. Ikkinchi bo‘limni esa faolroq harakat qilgan «Metallurg» hisobni ochdi. 51-daqiqada Zabihillo O‘rinboyev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi. Uchrashuv so‘ngida «Qizilqum» a’zosi Oleg Zoteyev qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

G‘alabani qo‘lga kiritgan «Metallurg» ochkolari sonini 26 taga yetkazib, 7-o‘rinni band etgan bo‘lsa, «Qizilqum» 32 ochko bilan 5-pog‘onani band etdi.

«Qizilqum» — «Metallurg» 0:1
Gol
: 0:1 — 51 Zabihillo O‘rinboyev.

«Qizilqum»: 1. Ignatiy Nesterov, 4. Boburbek Yo‘ldoshev,, 5. Dilshod Jo‘rayev (21. Orifxo‘ja Abduxoliqov, 80) 7. Sanjar Shoahmedov, 10. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanislavlevich, 14. Fayzullo Qambarov, 18. Davron Anvarov (43. Pol Komolafe, 46), 25. Azizbek Usmonov (32. Ilhom Kenjayev, 65), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 33. Oleg Zoteyev.

«Metallurg»: 87. Akmal Ortiqov, 4. Kerim Palich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 9. Zabihillo O‘rinboyev (16. Jasur Xolto‘rayev, 81), 10. Bektemir Abdumannonov (27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 85), 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev (19. Ergash Ismoilov, 90+1), 18. Anvar G‘ofurov, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 80. Farrux Ibrohimov, 97. Muhammadali Aliqulov (8. Behruz Shodmonov, 46), 94. Farhod Bekmuratov.

Ogohlantirishlar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (16), Kerim Palich (28), Zabihillo O‘rinboyev (33), Ignatiy Nesterov (45), Pol Komolafe (73), Oleg Zoteyev (82), Anvar G‘ofurov (82), Farhod Bekmurodov (88).
Chetlatish: Oleg Zoteyev (90+3).

Ushbu o‘yindan so‘ng Superliga turnir jadvali quyidagi ko‘rinishga keldi:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Metallurg" bahsli vaziyatlarga boy o‘tgan o‘yinda "Qizilqum"ni mag‘lub etdi