
Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Musobaqalar qo‘mitasining beshinchi yig‘ilishida Qatar davlati 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi-2024 mezboni sifatida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, joriy yilning noyabr oyida futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan Qatar beshta nomzodlar orasidan (Eron Islom Respublikasi, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari) Qo‘mita tomonidan tanlab olindi.
Bundan tashqari, xabarda ta’kidlanishicha, pandemiyaning butun Osiyo bo‘ylab ta’siri kamayib borayotganini inobatga olgan holda, Qo‘mita OFK Ijroiya qo‘mitasiga 2023 yildan boshlab Covid-19 pandemiyasi davrida OFK musobaqalariga qo‘llaniladigan maxsus qoidalarning amal qilishini to‘xtatishni tavsiya qilishga rozi bo‘ldi.
Osiyo KubogiQatar DavlatiFutbol MusobaqalariYig‘ilish O‘tkazilishiJahon ChempionatiCovid-19 Pandemiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar