20:50 / 30.09.2022
1 065

Superliga. «OKMK» safarda «So‘g‘diyona» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Superliga. «OKMK» safarda «So‘g‘diyona» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - AGMK uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda mehmonlar ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"Konchilar" safida gollarga Martin Boake va Xurshid G‘iyosov (penalti) mualliflik qildi. Bu gollar olmaliqliklarga 3 ochkoni taqdim etdi.

Shu tariqa, AGMK ochkolari sonini 32 taga yetkazib oldi. Jamoa ayni payt 4-pog‘onadan joy egallagan.

"So‘g‘diyona" hisobida ham 32 ochko mavjud bo‘lib, klub 5-pog‘onani band etgan.

«So‘g‘diyona» — «OKMK» 0:2
Gollar
: 0:1 — 18 Martin Boake, 0:2 — 81 Xurshid G‘iyosov (penalti).

«So‘g‘diyona»: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 5. Ayubxon No‘monov (9. Shavkat Salomov, 73), 10. Shohruz Norxonov (28. Samandarjon Mavlonqulov, 65), 11. Jasur Hasanov, 19. Javohir Qahramonov, 21. Abdujalil Manazarov, 26. Vitaliy Denisov, 31. Luka Chermel, 44. Yuriy Obshivak (12. Xislat Halilov, 46), 93. Marko Kolakovich.

«OKMK»: 1. Botirali Ergashev, 7. Dilshod Ahmadaliyev, 3. Sardor Rahmonov, 16. Artyom Filiposyan, 2. Akrom Komilov, 15. Giorgi Papava (8. Abdulla Abdullayev, 89), 4. Mirjamol Qosimov, 88. Siyavash Haqnazari, 22. Shohruh Gadoyev, 10. Xurshid G‘iyosov, 27. Martin Boake.

Ogohlantirishlar: Artyom Filiposyan (58), Shavkat Salomov (77), Abdujalil Manazarov (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «OKMK» safarda «So‘g‘diyona» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi