
Coca-Cola Superligasining 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - AGMK (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- O‘yin kutilganidek jangovor ruhda o‘tdi. Ikki jamoa ham g‘alaba uchun maydonga chiqdi. Bu borada bizga omad kulib boqdi. Chunki, yaxshi bilamiz, "So‘g‘diyona" jamoasi yaxshi shakllangan. Tarkibida iqtidorli va malakali futbolchilar harakat qiladi. Bugungi o‘yinda Botirali Ergashev juda yaxshi harakat qildi, u birinchi bo‘limda ham yuzaga kelgan vaziyatlarda jamoamizni qutqarib qoldi. Albatta, biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalandik. "So‘g‘diyona" har doim oxirigacha kurashadi. Ikkinchi bo‘limda ham Botirali Ergashev darvozamiz tomon belgilangan penaltini qaytarib jamoamiz g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bejizga "darvozabon - yarim jamoa" deb aytishmaydi. Gol urgan jamoa yutardi, bu borada omad biz tomonda bo‘ldi.
Bu o‘yin endi tarixga aylandi, navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlikni boshlashimiz kerak. "So‘g‘diyona" jamoasiga 5-kuni bo‘lib o‘tadigan yarim final uchrashuvida faqat va faqat omad tilab qolaman.
- Futbolchilarda o‘yinlar davomida o‘zaro qo‘pol munosabat ko‘payib ketdi. Tajribali mutaxassis sifatida bu haqidagi fikringiz qanday?
- Hech kim yutqazgisi kelmaydi. Ba’zida o‘yin tezlashib ketadi, kimdir kechroq harakat qiladi. shunaqa vaziyatda emotsiya yuzaga keladi. Futbol bu shashka emas, bu sport turi kurashlarga boy. Kimdir qo‘pollik ishlatsa, oradan bir daqiqa o‘tmay o‘zi shunday xolatga tushishi mumkin. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak.
FutbolMirjalol QosimovSo‘g‘diyonaAGMKO‘yin haqidaTajribali mutaxassis O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar