
"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich Coca Cola Superliganing 20-turi doirasida o‘tkazilgan "Navbahor"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Juda qiyin o‘yin bo‘ldi, shunday bo‘lishini bilardik. Raqib kuchli, yaxshi futbolchilarga ega edi. O‘z jamoamga kelsak bugun chiroyli o‘yin ko‘rsata olmadik. Rejamiz o‘zgarishiga kutilmagan jarohat sabab bo‘ldi. Tanaffusda yana taktikani o‘zgartirdik. Eng asosiysi shunday holda ham g‘alaba qozona oldik. Bu yosh futbolchilarning ishtiyoqi va "qaynoq qoni" evaziga qo‘lga kiritildi, deb o‘ylayman", - deydi Boshkovich.
- Bugungi VAR haqida nima deysiz?
- Hakamlik haqida gapirishim noto‘g‘ri bo‘lsa kerak. Hakamlikni baholaydigan komissiya bor. Ular o‘z ishini qilsin. O‘zbek futboli rivojlanishi kerak. Barcha jabhalarda, faqat hakamlikda emas. Bu yerda ko‘plab yuqori darajadagi futbolchilar ko‘p.
- Shunchaki sizning fikringiz qiziq...
- Men VAR tomondaman. Nimaga? O‘zbek futbolida xatolar kamroq bo‘lishi uchun VAR kerak. Xatolar bo‘ladi, ammo ular ko‘payib ketmasligi kerak.
- "Bunyodkor" ko‘p o‘yinlarda ikkinchi raqamda o‘ynaydi. Bu xalal bermaydimi?
- Biz har bir raqibga alohida tayyorlanamiz. Bugun oldingi o‘yindagi taktikada o‘ynamadik. Tarkibimizda bugun necha nafar akademiyamiz tarbiyalanuvchilari maydonga tushdi, ular necha yoshda? Nega shu haqda so‘ramayapsizlar? Bugun yosh futbolchilar uchun katta g‘alaba bo‘ldi. Bunday "Navbahor"ga qarshi g‘alaba katta natija.
- Jarohat olgan futbolchi Tohir To‘xtasinovning holati qanday?
- Menga uning oyog‘i sindi deyishdi va mavsum tugadi. U o‘zbek futbolining kelajagi.
BunyodkorIvan BoshkovichCoca Cola SuperligaYosh FutbolchilarTaktika O'zgarishiJarohat Holati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar