22:38 / 01.10.2022
1 774

Samvel Babayan: "Tan olish kerak "Bunyodkor" ham bugun yaxshi o‘ynadi"

Samvel Babayan: "Tan olish kerak "Bunyodkor" ham bugun yaxshi o‘ynadi"
"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan "Bunyodkor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng fikrlarini bildirdi.

- Afsuski, bugun mag‘lub bo‘ldik. Yigitlarga aytarli e’tirozlar yo‘q, ikkita qo‘pol xato o‘yin natijasiga ta’sir qildi. O‘sha-o‘sha muammo - vaziyatlar yaratayapmiz, ammo ulardan foydalana olmayapmiz. Agar sen gol urmasang g‘alaba qozonish qiyin. Oldimizda nima qoldi? 6 ta o‘yin, ularga yanada yaxshiroq tayyorlanish va yuqori saviyada ishtirok etishimiz kerak.

- Birinchi taymning o‘zida uchta o‘zgarish qildingiz va birdaniga o‘yin tizgini "Navbahor" tomoniga o‘tib ketdi. Asosiy tarkib tanlashda xato qildim deb hisoblaysizmi?
- Yo‘q xato qilmadim, chunki zaxiradan tushganlarning barchasida jarohat bor edi va men katta tavakkal qildim. Ular asosiy tarkib futbolchilari edi. Natija bizni qoniqtirmayotgani uchun bunga majbur bo‘ldim. Sobirjonov jarohatini yangilab oldi va hatto o‘yin oxirigacha o‘ynay olmadi. Marushich va Boltaboyev esa bahs oxirida qanday yugurganini menimcha faqat men ko‘rdim, muxlislar bunga e’tibor qilishmadi.

- "Olimpik" bilan o‘yinda ham "Bunyodkor" juda ham yopiq o‘ynagandi. Bugun ham Boshkovichdan shunday taktika kutganmidiz?
- Biz raqib taktikasiga moslashmaymiz. Raqibning so‘nggi nazorat uchrashuvini ko‘rdim va o‘shanda ham 4 himoyachi bilan o‘ynagandi. Shu bois biz uchun yangilik bo‘lmadi. Birinchi golda shunchaki konsentratsiyani yo‘qotdik va raqib jazoladi. Tan olish kerak "Bunyodkor" ham bugun yaxshi o‘ynadi.

- Siz doim favorit jamoalarda ishlagansiz. Bu sizga qo‘shimcha bosim beradimi?
- To‘g‘ri doim o‘z oldimga yuqori maqsadlar qo‘yaman. Ammo hamma futbolchi ham bunday bosimda o‘ynay oladimi degan savol bor. Ayniqsa Namanganda. Men bundanda kuchli bosim ostida ishlaganman, bu yangilik emas. G‘alabani haddan tashqari istagan futbolchilar bosimda qolishadi.

- Bugungi mag‘lubiyatga asosiy sabab?
- O‘yinda ikkita qo‘pol xato qildik. Bundan tashqari "Bunyodkor" futbolchilari yaxshi o‘ynadi.

- Kozak bilan Krimes bu yil maydonga tushadimi?
- Kozak yaqinda jarohatdan qutildi. Krimes hali tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.

- Marushich oxirgi o‘yinlarda zaxiradan maydonga tushmoqda. Uning o‘yinida pasayish bo‘ldimi?
- O‘tgan o‘yinda taktik qaror edi, bugun esa jarohati borligi uchun zaxirada qoldirdim. U bizning asosiy hujumchimiz.

- Oxirgi paytlarda jamoada jarohat olgan futbolchilar ko‘payib ketdi. Bu rotatsiya yo‘qligi bilan bog‘liqmi?
- Rotatsiya asoslangan bo‘lishi kerak. Shunchaki kimgadir yoqish uchun rotatsiya qilish to‘g‘ri emas. Birinchi davrada Sobirjonov zaxira o‘yinchisi edi, hozir esa asosiy tarkib futbolchisi. Rotatsiya bor, ammo katta emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Tan olish kerak "Bunyodkor" ham bugun yaxshi o‘ynadi"