1 087
OFK Kubogi. «So‘g‘diyona» penaltilar seriyasida Malayziya klubiga mag‘lub bo‘ldi va o‘z yurishini to‘xtatdi
Foto: «So‘g‘diyona»
Futbol bo‘yicha OFK Kubogi hududlararo finalda «So‘g‘diyona» 5 oktabr, chorshanba kuni «Kuala Lumpur» bilan bahs olib bordi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Asosiy bo‘limlarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Jamoalar o‘z kurashini qo‘shimcha bo‘limlarda davom ettirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham gol urilmadi va penaltilar seriyasida «So‘g‘diyona» 3:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa Ulug‘bek Baqoyev jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.
OFK Kubogi hududlararo final
«So‘g‘diyona» (O‘zbekiston) — «Kuala Lumpur» (Malayziya) 0:0
Penaltilar seriyasi: 3:5
«So‘g‘diyona»: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 6. Iskandar Shoyqulov (77. Daniel Nasriddinov, 107), 7. Shahboz Jo‘rabekov, 10. Shohruz Norxonov (17. Husniddin G‘ofurov, 112), 11. Jasur Hasanov, 19. Javohir Qahramonov, 21. Abdujalil Manazarov (5. Ayubxon Nomanov, 112), 26. Vitaliy Denisov (39. Shavkat Salomov, 67), 31. Luka Chermel, 93. Marko Kolakovich.
«Kuala-Lumpur Siti»: 1. Kevin Ray Mendosa, 4. Kamol Azizi, 6. Rayan Lambert, 7. Romel Morales, 8. Zafri Yahyo, 9. Jankarlo Gallifuoko, 12. Deklan Lambert, 14. Akrom Mahinan, 16. Janasekaran Partiban, 17. Irfon Zakariya, 28. Paulo Jozue.
Ogohlantirishlar: Sardor Qulmatov (78), Paulo Jozue (82). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...