1 486
Ulug‘bek Baqoyev: "Agarda kelajagimni muhokama qilmoqchi bo‘lsangiz, mendan intervyu oling"
OFK Kubogi Hududlararo finalidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Kuala-Lumpur Siti" uchrashuvida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida qatnashdi.
O‘yin haqida
- Butun o‘yin davomida tempni ushlashga harakat qildik, ammo yakunga qadar raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadik. "Kuala-Lumpur" jamoasi o‘zlari xohlaganidek penaltiga qadar yetib bordi va istaganiga erishdi. Penalti — bu lotoreya. Shu bois yigitlarga shikoyatim yo‘q. Futbolda bunday holatlar sodir bo‘ladi, shu bois barcha yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Hayot davom etadi.
— O‘zbekiston kubogi doirasida "Qizilqum"ga qarshi bahsda ham so‘nggi daqiqalarda Shirinboy Abdullayevni maydonga tushirgandingiz. O‘sha o‘yinda u birorta penalti qaytarmagandi. Bugun ham ushbu qarorga keldingiz. Balki Mitrovichga imkoniyat berganingizda yaxshiroq bo‘larmidi...
— Hozir bu haqda nimadir deyishga kech bo‘ldi. Shunday holat sodir bo‘lishi mumkin edi. Lekin biz g‘alaba qozonish maqsadida shunday yurishni amalga oshirdik. Shirinboy malakali darvozabon. O‘yinda bunday voqealar bo‘lib turadi, shu bois unga yoki boshqa yigitlarga shikoyatim yo‘q. Bu bizning rejamiz edi va yigitlar shunga muvofiq harakat qilishdi.
— Nima uchun o‘yin davomida o‘zgarishlar juda kech amalga oshirildi? Ehtimol, 90 daqiqada tarkibni yangilash evaziga uchrashuv taqdirini hal qilish mumkin edi.
— Bugun ham jismoniy, ham texnik rejalar tuzgandik. Shuning uchun almashtirishlarga shoshmadik. Chunki bunday o‘yinning ritmiga tushib olish juda murakkab sanaladi, shu bois, biz futbolchilarning jismoniy holatiga qarab, ularni almashtirdik. Futbolchilar charchab qolib, hech narsaga qodir bo‘lmay qolganida, ularni zaxiraga oldik. Shunga qaramay, butun jamoa yaxshi o‘yin namoyish etdi. To‘g‘ri, bizda son-sanoqsiz vaziyatlar yuzaga keldi, ammo ularni yakuniga yetkaza olmadik. Umuman olganda, shikoyatim yo‘q.
Bu bosqichga butun jamoa, aytaylik, butun shahar, murabbiylar shtabi ilk bor yetib keldi. Bu bizning kelajagimiz uchun saboq bo‘ldi. Bugun biz mag‘lub bo‘lmadik, aksincha, g‘alaba qozondik, shunchaki omad raqiblarga kulib boqdi. Bu bizning darajamiz. Endilikda o‘z ustimizda ishlashimiz va to‘xtamasligimiz lozim. Bizda yaxshi yosh futbolchilar bor. Bunday turnirlar hali ko‘p bo‘ladi, shu bois men ushbu bosqichga yetib kelgan yigitlarni tabriklayman. Qolaversa, klub rahbariyati va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, ular bu turnirda bizga ko‘p yordam berdi.
— Jamoa OFK kubogi yarim finalidan tashqari Superliga chempionligi uchun kurashdan ham chiqdi. Oldinda faqatgina kubok uchun imkoniyat mavjud. Lekin raqib "Navbahor". Baqoyevning kursisi qimirlab qolmadimi?
— Biz bugungi o‘yinni va kelgusidagi bahslarni muhokama qilyapmiz. Men bu savolning ma’nosiga tushuna olmayapman. Biz o‘yinni muhokama qilyapmizmi yoki mening kelajagimnimi? Agarda kelajagimni muhokama qilmoqchi bo‘lsangiz, mendan intervyu oling. Har qanday murabbiy klubga kelishi va ketishi mumkin. Buni rahbariyat hal qiladi.
— Har qanday holatda ham sizni tabriklaymiz. Jizzaxga katta futbol ob-havosini olib kirdingiz. Yarim finalgacha borish ham katta natija. Raqib darvozabonining jismoniy holati unchalik yaxshi emasdi. Nima uchun uzoqdan zarbalar bo‘lmadi. Jamoa rejasida penaltilar seriyasigacha borish rejasida bormidi?
— Qutlov uchun minnatdorchilik bildiraman. Klubni yaxshi-yomon kunlarda qo‘llab-quvvatlayotganlarga tashakkur deyman. O‘yinga kelsak, bizda penaltigacha borish rejasi yo‘q edi. Biz agressiv va hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqchi edik. Raqib darvozaboni ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Hujumlarni yakunlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ydik. Shu sababli, o‘yin penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. Penalti 50 ga 50 degani. Unda barchada g‘alaba qozonish imkoniyati mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...