O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi va sardori Eldor Shomurodovning manfaatlarini himoya qilayotgan ProSports Management kompaniyasining Osiyodagi loyihalariga rahbarlik qiluvchi Qahhor Mo‘minov “Sport ekspress” gazetasiga katta intervyu berdi.
Intervyuning birinchi qismini muxlislar e’tiboriga havola etgandik. Navbat, suhbatning davomiga. Bu gal suhbat mavzusi Eldor Shomurodov faoliyatiga qaratildi.
- Keling, Shomurodov haqida gaplashaylik. “Roma” yozda uni qo‘yib yubormadi. Lekin Eldor hali ham o‘ynamayapti. A Seriyada ikki marta o‘yin oxirida maydonga tushdi. Nimalar bo‘lyapti?
- Eldorga “Torino” va “Bolonya”dan jiddiy qiziqish bo‘ldi. Uni Turkiyaning barcha yetakchi klublari va saudiyaliklar o‘z tarkibida ko‘rmoqchi edi. Lekin “Roma” Shomurodovni saqlab qolishga qaror qildi.
Bu borada Joze Mourino va klub bosh direktori bilan suhbatlashdik. Bosh murabbiy matbuotni o‘qimasligimizni tavsiya qildi.
- Nega?
- Mourino Shomurodovga hech kim uni klubdan itarib chiqarmayotgani va berib yubormayotganini tushuntirib qo‘ydi. Agar misli ko‘rilmagan taklif tushsa, masalan, Osiyo tomonlardan, ular bu masalani o‘ylab ko‘rar ekan.
- Shomurodovni A Seriya jamoalaridan biriga ijaraga bersa bo‘lmaydimi?
- Mourino Eldorga shunday dedi: “Gapimga quloq tut, “Bolonya”da 10-15 ta uchrashuvda maydonga tushganingdan “Roma”da beshta o‘yinda qatnashganing afzal!”.
Berluskoni egalik qilayotgan “Monsa” varianti ham chiqqan edi. “Monsa” bosh murabbiylik uchun De Dzerbi bilan muzokara o‘tkazgandi, u birinchi navbatda, Shomurodovni olib kelishni talab qildi. Lekin o‘xshamadi.
Joze Mourino, “Roma”, Italiyadagi hamkorlarimiz bilan maslahatlashib, Rimda qolishga qaror qildik.
Shuni tushunish kerakki, “Roma” jamoasi nomi yonida “top” degan daraja ishlatiladi. Bu har bir futbolchi faoliyati uchun muhim, bu brend.
Eldor eng kuchli beshta ligalardan birida top-klubda o‘ynayapti. Buning qadriga yetish kerak. Shuningdek, Mourino Shomurodovga albatta imkon berilishini ta’kidlayapti.
- “Atalanta” bilan o‘yinda Shomurodov o‘sha imkonga ega bo‘ldi, lekin qulay vaziyatni boy berib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqara olmadi...
- Ha, o‘sha vaziyatda gol urganda uchrashuv qahramoni bo‘lardi. Biroq, Mourino uchun bu hech narsa emas. O‘ta yuqori raqobat – top klublarda uchraydigan holat. Biz hozir ana shunday vaziyat ichida yashayapmiz.
Biz ham televizor orqali o‘yinlarni tomosha qilib, Shomurodov gol urolmayotgan vaziyatlarda achinyapmiz. Lekin kompaniyamizda bir qoida bor – qaror qabul qildikmi, faqat shu yo‘nalishda harakatlarni davom ettiramiz. Biz “Roma”ga hurmat bilan munosabatda bo‘lishimiz kerak. Ayrim hamkasblarimiz murabbiy va klubni ayblab, negativ qidiradi.
- Sizlarda bunday emasmi?
- Biz “Roma” transfer uchun “Jenoa”ga katta pul to‘laganini tushunamiz. Rimliklarning ro‘yxatida doimo ko‘plab nomlar bo‘ladi. Lekin ular tanlovda aynan Eldorni tanladi. Buni qadrlash kerak. Klub hech qachon uni begona sanamagan. Shomurodovga “Bizga keraksan, buyog‘iga ham kurash”, deyishdi.
- Eldorning italyanchasi qalay?
- Boshida Mourinoda bu borada e’tirozlar bo‘ldi. Chunki Jozening o‘zi lingvist, sakkizta tilni biladi. Shuning uchun Eldor italyanchani sekin o‘zlashtirayotganida jahli chiqdi. Murabbiy futbolchi uning taktikalarining nozik jihatlarini tushunmayapti, deb hisobladi.
Hozir hammasi tubdan o‘zgardi. Shomurodov yevropalikka aylandi, italyanchada zo‘r gaplashadi. Uni har bir jamoada yaxshi ko‘rishadi. Yaxshi yigit. Aynan mana shu ham “Roma” yozda uni qo‘yib yubormagan sabablardan bir. Jamoada Eldorni hamma yaxshi ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...