09:14 / 08.10.2022
2 090

Mourino: Shomurodov “bo‘ri” bo‘lgin, “bo‘ri”!

Mourino: Shomurodov “bo‘ri” bo‘lgin, “bo‘ri”!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi va sardori Eldor Shomurodovning manfaatlarini himoya qilayotgan ProSports Management kompaniyasining Osiyodagi loyihalariga rahbarlik qiluvchi Qahhor Mo‘minov “Sport ekspress” gazetasiga katta intervyu berdi.

Intervyuning birinchi va ikkinchi qismlarini muxlislar e’tiboriga havola etgandik. Bu gal suhbat mavzusi Joze Mourino va Eldor Shomurodov munosabatlariga qaratildi.

- Mourino muloqotda qanday?
- Mister bilan rahbarimiz German Tkachenko doimiy aloqada. O‘ylashimcha, u murabbiy haqida ko‘proq ma’lumot bera oladi. Biz 2018 yilgi jahon chempionatida bir-ikki marotaba uchrashgandik. Mourino bilan muloqot qilish oson emas. Qadrini biladi.

Sizlarga Genrix Mxitaryan Eldor Shomurodovga aytib bergan ajoyib voqeani gapirib berishim mumkin.

- Eshitaylikchi...
- Mourino “Manchester Yunayted”ni boshqargan davrda unga Mxitaryanning o‘yini yoqmagan. O‘yindan keyin Joze futbolchiga e’tiroz bildirib, “Genrix, sen bugun yomon o‘ynaganingni tushundingmi?”, degan. Mxitaryan “Murabbiy, gapingizga qo‘shila olmayman. Ha bu mening eng zo‘r o‘yinim emas, lekin siz aytgandek ham bo‘lmadi”, deb javob qilgan. Mourino, “Mayli, hali o‘yin tahlilida ko‘rasan”, degan ekan.

- Tahlilda nima bo‘lgan ekan?
- Uchrashuvni tomosha qilishgan. Mourino o‘rnidan turib: “Tan olishga majburman, Tortishuvimizda Genrix haq bo‘lgan ekan. U yomon o‘ynamabdi. Aksincha, rasvo o‘ynagan ekan”, debdi.

- Mourino “Atalanta” bilan o‘yindan keyin Shomurodovga nima dedi?
- Hech narsa bo‘lmagan. Mourino bunaqa vaziyatlarga e’tibor qaratmaydi. Hammasini juda yaxshi tushunib turibdi. Gol urmagan bo‘lsa, o‘z yo‘liga...

- “Roma” Shomurodov uchun juda yuqori planka emasmi?
- Xo‘sh, endi nima qilish kerak, jardan pastga sakrash kerakmi? “Roma” Eldorni o‘zi tanlagan, ularni hech kim uning transferini sotib olishga majburlagani yo‘q. Siz qanday qilib, odamlarni bir futbolchi uchun 20 million yevroga yaqin mablag‘ni sarflashga majbur qilishingiz mumkin?

- Shomurodovning o‘zida raqobat qilish uchun ishonch uyg‘ondimi, masalan Temmi Abraxam bilan?
- Mourinoning Shomurodovga til bilishdan tashqari ikkinchi e’tirozi aynan mana shu masalada: Eldor o‘zini “bo‘ri”dek his qilishi kerakligi bo‘lgandi! Tug‘ma muloyimlik, intelligentlik, kamtarinlik qaysidir ma’noda Eldorga halaqit qilyapti. U o‘zidan mana shu narsalarni chiqarib tashlashi kerak. Osiyolik futbolchilarda juda ko‘p ijobiy hislatlar bor. Ular tartib-intizomli, sodda, lekin texnik bazasi yuqori. Lotin Amerikasidan kelgan o‘yinchilar klubga o‘tishdan oldin, har bir tiyin uchun savdolashadi, o‘zbeklar esa umuman bunday emas. Ular har doim nimadandir boshlash kerakligini tushunadi. Mana shu tariqa, maydonda boshqalarni haddan ziyod hurmatlash, bu holatda kamchilikka aylanadi.

- Buni to‘g‘rilash mumkinmi?
- Mana hozir to‘g‘rilayapmiz. Eldorda bu borada ijobiy o‘zgarishlar bor.

- Yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kamerun bilan o‘yinida Eldor Hojimat Erkinovga aqlbovar qilmas pas berdi. Ajoyib pas. Erkinovga bo‘sh darvozani ishg‘ol qilish qoldi xolos. Keyin Eldorga “Darvozaga o‘zing tepishing mumkin edi”, dedim. U bo‘lsa “27 yoshimda golli pas uzatishdan rohatlanyapman”, deb javob qildi.

Jirkov, Pavlyuchenko, Arshavin “Yevro-2008”dan keyin Angliyaga ketganini eslaysizmi? Ular kamgap bo‘lgani uchun tilni o‘rganishni eplolmagandi. O‘zbeklar bu borada ancha ochiq. Qolaversa, Shomurodovga unga shaharda ko‘rsatilayotgan e’tibordan voz kechish oson bo‘lmaydi.

- Nima, shaharda uning yo‘lini to‘sib qo‘yishyaptimi?
- Bu borada shuni aytib beraman. Unikiga mehmonga borgan vaqtim, Rimda niqob taqish majburiy edi. Ko‘chada ketayotgandik. U niqob taqib, kepka va uning ustidan kapyushon kiyib olgandi. Har 200 metrda to‘xtashga to‘g‘ri kelardi. Odamlar undan birga suratga tushishni so‘rardi va minnatdorlik bildirardi. Bularning bari futbolchi 10 daqiqa o‘ynayotgan pallada ro‘y bergandi.

- Shomurodovning faoliyati qanday davom etadi?
- Albatta, biz faqat “Roma” futbolkasini kiyib yurish bilan kifoyalanmaymiz. Qishda bu masalani yana ko‘taramiz. O‘zgarish bo‘lmasa, boshqacha qaror qabul qilamiz. Eldorning yoshi 27 ta va u hali Yevropada o‘ynamoqchi. Keyin esa, o‘zi buni yashirayotgani yo‘q, Osiyo ligalaridan birida to‘p tepmoqchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino: Shomurodov “bo‘ri” bo‘lgin, “bo‘ri”!