O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi va sardori Eldor Shomurodovning manfaatlarini himoya qilayotgan ProSports Management kompaniyasining Osiyodagi loyihalariga rahbarlik qiluvchi Qahhor Mo‘minov “Sport ekspress” gazetasiga katta intervyu berdi.
Mazkur kompaniya Eldor Shomurodovning O‘zbekistondan avval Rossiyaga, keyinchalik Italiya chempionatiga yo‘l olishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Eldor ushbu kompaniya mutaxassislar yordamida Yevropa darajasida o‘ynay oladigan yulduzga aylandi. Hamyurtimiz kuchli beshlik chempionatlari orasida o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan A Seriyada uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda.
2020 yilning oktabrida Genuyaning “Jenoa” jamoasi bilan shartnoma imzolagan futbolchimiz debyut mavsumida sakkizta gol bilan poytaxtga – “Roma”ga ko‘chib o‘tdi.
Uning agenti Qahhor Mo‘minov Rossiyaning nufuzli nashriga bergan intervyusida Eldor Shomurodov ortidan iste’dodli yoshlar yetishib chiqayotganini va Osiyo bozoriga e’tibor qaratio‘ lozimligini ma’lum qildi.
E’tiboringizga ushbu intervyuning biz uchun e’tiborga molik qismini havola etamiz.
- Rossiya klublari Osiyo bozoriga jiddiyroq e’tibor qaratishi lozim, deb hisoblaysizmi?
- Albatta. Tanlovni o‘zgartirish kerak.
- O‘zbekistonda “ikkinchi Shomurodov” bormi?
- Ikkinchisi ham, uchinchisi ham bor.
- Tushunmadim...
- Masalan, “Nijniy Novgorod”da bir futbolchimiz – Ibrohimxalil Yo‘ldoshev o‘ynamoqda. Iqtidorli va salohiyati baland yigit.
Rossiya premer-ligasiga ko‘nikib olishi uchun yarim yil kerak bo‘ldi xolos. Keyin zo‘r o‘ynay boshladi. Hozirning o‘zida unga Rossiya premer-ligasining kuchli klublaridan ikkita taklif bor. Osiyo jamoalari haqida ham shunday deyish mumkin.
Unga tengqur bo‘lgan Hojimat Erkinov “Torpedo”da o‘ynayapti. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Kamerun darvozasini ishg‘ol qildi.
Yana o‘sib kelayotgan iste’dodlar ko‘p. Dalat futbol infrastrukturasiga katta e’tibor qaratyapti. So‘nggi yigirma yilda nafaqat viloyatlar, balki tumanlar markazlarida ham yangi stadionlar qurildi.
Futbolka kirib kelayotgan bolalar oqimi juda katta. “Bunyodkor” akademiyasining o‘zida 2000 nafar bola shug‘ullanadi. Bu sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda.
Davomi bor... “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...