962
Bahodir Ahmedov: “Maqsadimiz chempionlik edi, ammo har safar ham g‘alaba qozonib bo‘lmaydi”
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi-2022 3-o‘rin uchun bahsda Tailand ustidan qo‘lga kiritilgan 8:2 hisobidagi g‘alabadan keyin O‘zbekiston TJ bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov hamda Ixtiyor Ropiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
3-o‘rin uchun bahs haqida
B.A.: Bugun juda ham chiroyli o‘yin ko‘rsatdik. Avvalambor, muxlislarimizni xursand qildik. Keyingi o‘yinlarda ham shunday qilishga harakat qilamiz. Tailand TJga minnatdorchilik bildiraman. Juda yaxshi qarshilik ko‘rsatishdi, lekin qulay vaziyatlardan foydalanganimiz tufayli yirik hisobda g‘alaba qozondik.
I.R.: Maqsadimiz faqat chempionlik edi. Yaponiya bilan uchrashuvda esa biroz omadimiz kelmadi. Keyingi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lishga harakat qilamiz. Yaponiya bilan o‘tgan uchrashuvdagi natijani esa tasodif deb hisoblashingizni istayman. 3-o‘rin bizga suv va havodek kerak edi. Chunki, keyingi qit’a birinchiligida yuqoriroq savatchadan joy olishimiz kerak va bu jahon chempionatiga yo‘llanma olish uchun ta’sir qiladi. Shuning uchun bor imkoniyatimizdan foydalandik. Tailand terma jamoasiga katta rahmat aytaman.
B.A.: Hammaga rahmat. 3-o‘rin ham yaxshi natija, ammo yuqoriroq maqsadni ko‘zlangandik. Endi futbolda har safar ham yutib bo‘lmaydi. Lekin, uchinchi o‘rindan ham ko‘nglim to‘ldi, bu keyingi Osiyo chempionatida top-4 savatchadan joy olishimizga imkon beradi.
Yaponiya bilan bahsdan keyin Tailand bilan yorqin uchrashuv o‘tgani haqida
B.A.: Yaponiyaga yutqazgandan keyin yigitlarimiz tushkunlikka tushmasligi lozim edi. Chunki, ular bilan suhbatlashdik va keyingi maqsadimiz uchinchi o‘rin bo‘ldi. Shu tufayli yigitlarimiz buni anglab yetishdi, mag‘lubiyatdan juda katta fojea yasamadik, hali hayot to‘xtab qolmadi va biz yana oldinga intilib, chiroyli o‘yin ko‘rsatgan holda g‘alaba qozondik.
Yutuq va kamchiliklar haqida
B.A.: G‘alaba hamjihatligimiz evaziga qo‘lga kiritildi. Jamoamiz juda ham ahil, murabbiydan tortib, barcha xodimlar va futbolchilargacha. Shu tufayli har o‘yinga chiqqanimizda ahil bo‘lishimiz kerak, ushbu katta natija ham shu sabab qo‘lga kiritildi. Har bir o‘yinchi bir-biri uchun jonini beradi. Bizning eng katta yutug‘imiz shu.
Muammolarga to‘xtalsak, Yaponiya bilan o‘yinda vaziyatlardan foydalana olmadik. Eng katta muammomiz mana shunda.
Termadagi yosh futzalchilar haqida
B.A.: Yoshlarimiz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, ulardan ko‘nglim to‘ldi. O‘ylaymanki, juda to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqdamiz, ular o‘sib bormoqda. Yana boshqa yoshlarimiz ham bor, ularni ham termaga jalb qilamiz. Qancha ko‘proq ularga e’tibor bersak, futzalimiz shuncha rivojlanib boradi.
I.R.: Tarkibda ko‘proq jahon chempionati ishtirokchilari bor. Maydonda yoshlar bilan birga harakat qilish oson bo‘lmaydi, o‘rtoqlik o‘yinlarida termamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov ularni maydonga tushirib, sekin-sekin tarkibga moslashtirdi va Osiyo chempionatlari orqali tajribani oshirib boramiz.
Musobaqa va kelajakdagi rejalari haqida
I.R.: Musobaqa juda yaxshi o‘tdi deb o‘ylayman. Avvalambor, qit’a birinchiligini ajoyib tarzda o‘tkazgani uchun Quvayt davlatiga rahmat. Tashkilotchilariga ham. Kelajakda Osiyo va jahonning yetakchi klublarida o‘ynamoqchiman.
Manba: O‘FA matbuot xizmati
Osiyo Kubogi-2022, Futzal1, Bahodir Ahmedov1 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi