19:59 / 09.10.2022
931

Superliga. «Navbahor» o‘z uyida «Dinamo»ni yengib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Superliga. «Navbahor» o‘z uyida «Dinamo»ni yengib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
O‘zbekiston Superligasi 21-turi doirasidagi "Navbahor" - "Dinamo" o‘yini nihoyasiga yetdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, Boyan Siger standartdan oshirilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi. Bo‘lim yakuniga qadar namanganliklar yulduzi Jamshid Iskanderov penaltidan gol urdi.

Shunday qilib, ochkolari sonini 40 taga yetkazib olgan "lochinlar" turnir jadvalida 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. So‘nggi o‘rindagi samarqandliklar 9 ochko jamg‘argan.

"Navbahor" – "Dinamo" 2:0
Gollar
: Boyan Siger, 18 (1:0), Jamshid Iskanderov, 34 (2:0)

"Navbahor" - 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 6. Rustamjon Ashurmatov, 7. Azimjon Ahmedov (9. Vladimir Kozak, 75), 10. Jamshid Iskanderov, 11. Jasur Yaxshiboyev (17. Diyorjon Turopov, 40), 20. Doniyor Abdumannopov (19. Nurillo To‘xtasinov, 65), 23. Yovan Jokich, 24. Davronbek Hoshimov, 28. Stanislav Andreyev, 55. Asadbek Jo‘raboyev (30. Aleksandr Kasyan, 65)
Zaxiradagilar: 35. Rahim Davronov, 2. Yegor Krimes, 14. Jamshid Boltaboyev, 22. Igor Golban, 64. Muzaffar Mo‘minov.

"Dinamo" - 1. Farhod Rahmatov, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev (77. Vohidjon Oqbo‘tayev, 63), 7. Shohruhbek Abdurahmonov, 13. Javlonbek Malikov (88. Yevgeniy Chumak, 63), 15. Jo‘rabek Mannonov, 16. Bobur Mamadolimov, 17. Erkin Boydullayev, 18. Mexriddin Musurmonov (11. Sahob Rashidov, 49), 22. Abdujamol Isroilov, 78. Elguja Grigalashvili, 87. Elnurbek Saitmuratov (21. Shohruh Mahmudxojiyev, 28)
Zaxiradagilar: 12. Miloye Prekovich, 35. Aslonbek Axrorov, 70. Oybek Nurmatov, 97. Faxriddin Alimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Navbahor» o‘z uyida «Dinamo»ni yengib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi