22:37 / 09.10.2022
1 062

Samvel Babayan: "Takrorlayman - bizga raqiblar qiziq emas, o‘zimizning muammolarimiz esa boshdan oshib yotibdi"

Samvel Babayan: "Takrorlayman - bizga raqiblar qiziq emas, o‘zimizning muammolarimiz esa boshdan oshib yotibdi"
Coca Cola Superliganing 21-turi doirasida "Dinamo" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirdi.

- Hayrli kech, bugun navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdik. Ochkolar suv va havodek zarur edi. Har qanday sharoitda ham bizni qo‘llab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Yigitlar uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun qo‘lidan kelganini qildi. Sifatli futbol namoyish qilishga intilishdi. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Oldinda 5ta o‘yin qoldi. Mavsum yakunida hammamiz o‘tirib birgalikda mavsumni taxlil qilamiz va nimalarga erisha olganimizni birga ko‘ramiz. Biz uchun muhim uchrashuv edi. Shukurki, futbolchilarim o‘zini ko‘rsata olishdi. Undan tashqari, bugun yosh futbolchimiz debyutini amalga oshirdi, bu ham muhim edi. U "Navbahor" tarbiyalanuvchisi. Ekib qo‘yilgan ko‘chatlarning mevasini olish uchun biz hali ularni ancha vaqt parvarishlashimiz kerak. Bugun u o‘zini yomon ko‘rsatmadi deya olaman.

- So‘nggi o‘yinlarda "Navbahor" bir necha kerakli ochkolarni boy berdi. Bugun "Paxtakor" safarda "Surxon"ni mag‘lub eta olmadi. Umuman olganda mavsum yakunlariga ko‘ra, "Navbahor"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Bugun ham masalan, jamoa ikkinchi bo‘limda o‘zining potensialini ko‘rsata oldi.
- Bugungi yaratgan vaziyatlarimizni boshqalar 3-4 o‘yinda yaratadi. Bizda faqatgina vaziyatlardan foydalanish nozik nuqtamiz bo‘lib turibdi. Shu sababli shunday holatlarga tushib qolyapmiz. Mavsum boshidan buyon har bir uchrashuvda maqsadimizga tezroq yetishib, o‘yinlarni tezroq hal qilishimiz uchun vaziyatlarimiz yetarlicha bo‘lyapti. Chempionlik borasidagi savolingizga esa shunday deya olaman, biz har bir uchrashuvda bor kuchimizni ko‘rsatishga harakat qilyapmiz. Bugun ham bor kuchimizni namoyish qila oldik.

Agarda vaziyatlarimizdan ko‘proq gol urganimizda, hozir o‘yin bobida boshqacha taassurot olgan bo‘lardingiz. Oldinda hali 5 tur bor. Biz raqiblarga emas, o‘z kuchimizga qarayapmiz. Ammo yechilishi kerak bo‘lgan muammolar ko‘p. Masalan, bugun ko‘rganingizdek, futbolchilarimiz jarohat oldi. Raqiblar borasidagi savollarga esa mavsum yakunlanganidan keyin javob beramiz.

- Navbatdagi uchrashuv "So‘g‘diyona"ga qarshi. Jamoa so‘nggi paytlarda chempionatda beqaror. Shu sababli ular kubokka bor kuchini tashlashi mumkin. Chunki ularning chempionlik uchun imkoniyati pasayib ketdi.
- Birinchidan, barchaga hurmat bilan qarash kerak. Balki ularda barqarorlik yetishmayotgandir. Ammo yoddan chiqarmaslik kerakki, ular OFK Kubogi yarim finalida o‘ynashdi, O‘zbekiston sha’nini munosib himoya qila olishdi. Barcha raqibga hurmat bilan munosabatda bo‘lishingizni talab qilib qolardim. 14 oktabr kungi o‘yin ikkala jamoa uchun ham juda muhim. Hozir biz mavsum boshida, eng avvaldan istalgan joyda turibmiz: turnir jadvalida yuqori pog‘onalardamiz, Kubok yarim finalida o‘ynaymiz. Muhim o‘yin, raqibga hurmat bilan qaragan holda uchrashuvga tayyorlanamiz. Takrorlayman - bizga raqiblar qiziq emas, o‘zimizning muammolarimiz esa boshdan oshib yotibdi. Ularni mashg‘ulotlar, shifokorlar orqali yengib o‘tishga harakat qilamiz.

- Ba’zida asosiy tarkibga tushayotgan futbolchilar kelasi uchrashuvning 20talik ro‘yxatiga ham kirmayapti. Masalan, Mirlan Murzayev.
- Mirlanning oilasida muammolar bor. Uzrli sabab bilan kela olmadi. Unga javob berdik, uyida barcha oilalar uchun muhim bo‘lgan masalani hal qilishi kerak. Ba’zi narsalar ishdan-da, futboldan-da muhim. Shu sababli uning o‘zi buni hal qilishi kerak edi. Marushich esa jarohatidan forig‘ bo‘lish jarayonida. O‘tgan o‘yinda maydonga tushirishga majbur bo‘lganimdan keyin Zoranning jarohati jiddiylashdi. Shu bois u bugun tarkibda bo‘lmadi. Asad Sobirjonovda ham shunday sabab bor. Qolgan futbolchilar esa mavsum yakunida biroz charchoq his qilishmoqda, jarohatlar paydo bo‘lyapti.

- Jasur Yaxshiboyev va Azimjon Ahmedovlar jarohat olgandi. Ularning holati qanday?
- Menimcha unchalik jiddiy emas. Ertaga barchasini tibbiy ko‘rik ko‘rsatib beradi. Ularning o‘yinlarga tushishi aniq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Takrorlayman - bizga raqiblar qiziq emas, o‘zimizning muammolarimiz esa boshdan oshib yotibdi"