Coca-Cola Superligasining 21-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "So‘g‘diyona" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
"Guvohi bo‘lganingizdek, "Nasaf" o‘yinni juda yaxshi boshladi. Bizda esa OFK kubogidagi 120 daqiqalik uchrashuvdan so‘ng ayrim futbolchilar tiklanib ulgurishmagandi. Boz ustiga yigitlarning ruhiyatida tushkunlik bor edi. Uch nafar futbolchimiz jarohat oldi. Raqib har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani bilindi. Ular oxirgi turda "Paxtakor"dan ustun kelgandi. Shunga qaramay, shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman.
— Hakamlik haqida nima deya olasiz?
— Hakamning qarorlari haqida takroriy vaziyatlarni ko‘rib chiqqach, fikr bildirishim mumkin. Chermelga qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatda unga nisbatan agressev o‘yin namoyish etilgandi. Uning boshi qonadi va shifokor yordamiga muhtoj bo‘ldi.
- Futbolchilar jismoniy jihatdan yutqazishdimi?
- E’tibor bering, oxirgi o‘yinda jismoniy jihatdan ham, ruhiy tomonlama ko‘p kuch sarfladik. Bu borada tayyorlanish oson bo‘lmadi. Bugungi o‘yinda ham ikkita majburiy o‘zgartirishni amalga oshirdik.
- Jasur Hasanovga nima bo‘ldi?
- Oyog‘ining orqa son qismida muammo bor. Vitaliy Denisovda ham shunday.
- Kubokda jamoa oldiga maqsad qo‘yilganmi?
- Mavsum avvalida jamoa oldiga maksimal vazifalar qo‘yilgandi. Futbolda nimadir o‘xshaydi yoki yo‘q. Biz imkon boricha harakat qilamiz. Chempionlik uchun 2-3 jamoada imkoniyat mavjud", — dedi jizzaxliklar ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...