18:25 / 10.10.2022
1 092

Dzyudo. Davlat Bobonov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Dzyudo. Davlat Bobonov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi
Foto: «Olympic»
Toshkentda dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining beshinchi kungi bahslari 10 oktabr, dushanba kuni davom ettirildi.

Tokio—2020 sovrindori Davlat Bobonov finalda italiyalik Kristian Parlatiga qarshi tatamiga chiqdi. Bobonov raqibi ustidan g‘alaba qozondi va chempionga aylandi. Davlat finalga qadar slovakiyalik Peter Zilka, koreyalik Ju Yup Han, bolgariyalik Ivaylo Ivanov va Tokio—2020 Olimpiadasi chempioni, gruziyalik Lasha Bekaurilar ustidan g‘alaba qozongan edi.

10 oktabr kungi bahslarda Davlatdan tashqari Shohista Nazarova (-70 kg) va Gulnoza Matniyozovalar (-70 kg) ishtirok etdi. Nazarova Xitoy Taipeyi vakilasi Yu Jung Liaoga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi bilan yutqazib qo‘ydi. Matniyozava esa yarim finalda xorvatiyalik Barbara Matichga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun o‘tish bosqichida germaniyalik Miriam Butkereyt Matniyozova ustidan g‘alaba qozondi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dzyudo. Davlat Bobonov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi