21:04 / 17.10.2022
953

Og‘ir atletika. Osiyo chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi

Og‘ir atletika. Osiyo chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi
6-16 oktabr kunlari Bahraynning Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda qit’amizning 30 mamlakatidan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Murosasiz bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 3 ta kumush va 10 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor bo‘ldi. Erkaklar terma jamoamiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan birinchi pog‘onani egalladi.

Osiyo chempionati qahramonlari Toshkent xalqaro aeroportida Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoa a’zolari qisqa hordiqdan so‘ng joriy yilning dekabr oyida Kolumbiyaning Bogota shahrida o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Og‘ir atletika. Osiyo chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi