00:13 / 18.10.2022
2 606

Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen yana bir bor to‘qnash kelishdi

Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen yana bir bor to‘qnash kelishdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda shaxmat bo‘yicha "Meltwater Champions Chess Tour" onlayn musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu nufuzli turnirda jahonning reytingi baland grossmeysterlari g‘oliblik yo‘lida dona suryapti. Yulduz shaxmatchilar qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham bahslarda ishtirok etyapti.

Tezkor shaxmat bo‘yicha jahonning eng yosh va shu bilan birga amaldagi chempioni hisoblangan Nodirbek kecha o‘tkazilgan 4 ta partiyaning 3 tasida kuchli raqiblari bilan murosa yo‘lini tanladi va 9-turda turnirdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Shvetsiyalik Nils Grandelius shaxmatchimizdan ustun keldi.

E’tiborlisi, Abdusattorov 11-turda amaldagi jahon toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsen bilan uchrashdi. Jahon chempionlari 84-yurishdan so‘ng durangga rozi bo‘lishdi. Bu safar ham Karlsen Nodirbekni mag‘lub eta olmadi. Shaxmatchilarning bundan avvalgi uchrashuvi jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan bo‘lib, o‘shanda Abdusattorov tarixiy g‘alabaga erishgandi.

Kecha shaxmatchimiz 10-turda AQSH vakili Daniel Naroditskiy, 12-turda polshalik Yan-Kshishtof Duda bilan durangga imzo chekdi. Nodirbek 5 g‘alaba, 5 durang va 2 mag‘lubiyat bilan 20 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Uchinchi kungi bahslar oldidan u yakka peshqadam bo‘lib kelayotgan edi.

Turnir jadvalida Duda 25 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib oldi. Ozarbayjonlik Shaxriyar Mamadyarov 23 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Gukesh, Erigaysi va Magnus Karlsen hisobida 21 tadan ochko bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen yana bir bor to‘qnash kelishdi