
"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan Coca Cola Superligasining 22-turidan o‘rin olgan "Neftchi"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikrlarini bildirdi.
"Birinchi o‘rinda muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay stadionga kelib qo‘llab-quvvatlashdi. Ular bu g‘alabaga loyiq edi. Vodiy derbisini 1995 yil "Navbahor"da birinchi marotaba ish boshlaganimdayoq qanday o‘tishini bilganman. Qanday tayyorgarlik ko‘rishdan xabardorman. Turnir jadvalidagi holatimiz, ob-havo, barchasini hisobga olishimiz kerak edi. "Neftchi" yaxshi shakllangan jamoa. Ular o‘yinni yomon olib borishmadi. Gol urishdi. Lekin keyingi daqiqalarda biz ustunlik qildik. Umuman olganda yigitlar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Oldinga qarab intilishda davom etamiz. Qolgan 4ta uchrashuvda ham borimizni beramiz", - deydi Samvel Babayan.
Samvel BabayanNavbahor Bosh MurabbiyiCoca Cola SuperligasiNeftchi UchrashuviMuxlislar G‘alabaVodiy Derbisi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar