Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan nomdor bokschimiz Bahodir Jalolov 15 oktabr kuni Angliyaning Liverpul shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ringga ko‘tarilishi reja qilingan edi. Ammo, unga raqiblik qilishi kutilgan Ariyel Esteban Brasamonte jangdan bosh tortganligi sabab, Jalolovning jangi ham bekor qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, endi Jalolov navbatdagi bahsini 26 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tuvchi boks oqshomida o‘tkazadi. Ushbu oqshom "Dignity Health Sports Park" arenasida bo‘lib o‘tadi va asosiy jangda Xose Zepeda hamda Rejis Progreys super yengil vaznda vakant bo‘lib turgan WBC kamari uchun ringga ko‘tariladi. Jalolovga esa kim qariblik qilishi hozircha ma’lum emas. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin